76. Ularga Biz zulm qilmadik, lekin o'zlari zulm qiluvchi bo'ldilar. 77. Ular (do'zax farishtasiga): "Ey, Molik, Parvardigoring bizlarga O'z hukmini qilsin (jonimizni olsin)", - deb nido qilganlarida, u (farishta): "Sizlar (shu azobda mangu) qoluvchidirsizlar", - deydi. 78. Biz sizlarga Haq (Qur'on)ni keltirdik, lekin sizlarning ko'plaringiz Haqni yomon ko'ruvchidirsizlar. 79. Yoki ular (ya'ni, Makka mushriklari) biror ishga qaror qildilarmi?! Bas, albatta, Biz ham qaror qiluvchidirmiz. 80. Balki ularning gumonlaricha, Biz ularning sirlarini (bilmasmiz) va pichirlashuvlarini eshitmasmiz?! Yo'q! Bizning elchilarimiz (farishtalar) ularning oldilarida (qilgan ishlarini) yozib tururlar. 81. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar Rahmonning farzandi bo'lganida men (u bolaga) ibodat qiluvchilarning birinchisi bo'lur edim". 82. Osmonlar va Yerning Parvardigori va Arsh egasi (bo'lmish Alloh) ular sifatlayotgan narsa (ayblar)dan pokdir. 83. Bas, Siz ularni tark qiling! Ular, to o'zlariga va'da qilingan Kunga ro'baro' bo'lgunlaricha, (gunoh loyiga) botib, o'ynab yuraversinlar! 84. U (Alloh) osmonda ham iloh, yerda ham ilohdir. U hikmat va ilm egasidir. 85. Osmonlar va Yer hamda ularning o'rtasidagi narsalarning hukmronligiga ega bo'lgan zot barakotlidir. Qiyomat ilmi ham yolg'iz Uning huzuridadir va Ungagina qaytarilursizlar. 86. (Allohni) qo'yib sig'inayotgan narsalari (Qiyomat kuni) shafoat qilishga ega bo'la olmas, illo o'zlari bilgan hollarida haqqoniy guvohlik bergan kishilargina (shafoat qilishga izn olurlar). 87. (Ey, Muhammad,) qasamki, agar ulardan o'zlarini kim yaratgani haqida so'rasangiz, albatta, ular:
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur