Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
43
zulmni ravo ko'rmas.
109. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir va (barcha) ishlar Allohga qaytarilur (Alloh hukmiga
oshirilur).
110. Odamlarga chiqarilgan (ma'lum bo'lgan) ummatning eng yaxshisi bo'ldingiz (ey, musulmonlar!
Zero, siz) amri ma'ruf, nahyi munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitoblar (ham) imon
keltirganlarida edi, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi. Ular orasida mo'minlari ham bor, ko'pchiligi esa
fosiqlardir.
111. Ular sizlarga (biroz) ozor berishdan boshqa zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar,
chekinib qochurlar. So'ng, ularga yordam berilmas.
112. Alloh va (musulmon) odamlar himoyasiga olinmagan taqdirda, (ular) qayerda bo'lishlaridan qat'iy
nazar, xorlikka mahkumdirlar. Ular Allohning g'azabiga uchradilar va miskinlikka mahkum bo'ldilar.
Bunga sabab - Alloh oyatlarini inkor etishlari, payg'ambarlarni nohaq o'ldirishlari, itoatsizliklari va
tajovuzkorliklaridir.
Izoh:Musulmon mamlakatlari himoyasida yashaydigan g'ayridinlar zimmiylar deb ataladi. Ularning huquqlari
belgilangan qoidalar bilan himoya etiladi.
Dostları ilə paylaş: