Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Allohning oyatlari sizlarga o'qib turilgan, oralaringizda Uning payg'ambari turgan bir paytda



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

101. Allohning oyatlari sizlarga o'qib turilgan, oralaringizda Uning payg'ambari turgan bir paytda 
qanday qilib (dinni) inkor etasiz?! Kim Alloh (dini)ni mahkam tutsa, demak, u to'g'ri yo'lga yo'llanibdi.
 
102. Ey, imon keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay 
dunyodan o'tmangiz!
 
103. Hammangiz Allohning "arqoni" (Qur'on)ni mahkam tuting va firqalarga bo'linmang va o'zaro 
adovatda bo'lgan paytlaringizda dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo'ygan Allohning ne'matini 
yodda tuting. Uning ne'mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do'zax chohi yoqasida turganingizda, 
sizlarni undan qutqardi. Shoyad haq yo'lni topgaysizlar, deb, Alloh O'z oyatlarini sizlarga shunday 
bayon qiladi.
 
104. Sizlardan yaxshilikka da'vat etadigan, amri ma'ruf va nahiy munkar ishlarini olib boradigan (bir) 
ummat bo'lsin! Aynan ular, tole topuvchilardir.  
Izoh:Bu yerdagi "sizlardan" so'zidan arab tili qoidasi bo'yicha ikki xil ma'no olish mumkin. Ya'ni, sizlardan bir 
jamoat chiqib, yaxshilikka da'vat qilish, amri ma'ruf, nahyi munkar ishlari bilan shug'ullansin, deb ham 
tushunish mumkin. Yana, sizlar hammangiz mazkur ishlarni qiladigan ummat bo'linglar, degan buyruqni olish 
ham joiz. Deyarli hamma tafsirlarda shu ikki xil tafsir bayon etilgan. Lekin mufassirlarning aksariyati ikkinchi 
tafsirni qo'llab-quvvatlaganlar. Ular jumlasidan Abu Mansur Moturidiy hazratlari ham "Ta'viloti Ahlis-sunna" 
nomli tafsir kitoblarida shu suraning 110-, Moida surasining 79-oyatlari va bir necha hadisi shariflardan dalil 
keltirib, amri ma'ruf, nahyi munkar ishlarini qilish har bir musulmon zimmasiga vojib qilingan, deb 
ta'kidlaydilar. Binobarin, ba'zi bir diniy oqimlarning mazkur 104-oyat asosida turli hizb va guruhlar tuzib
jamoatdan ajralib olishlarining ilohiy ko'rsatmalarga to'la mos emasligi ma'lum bo'ladi.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin