bo'lurlar va albatta, do'zaxda toblanurlar. 11. Alloh farzandlaringizga (meros yuzasidan) bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida (meros berishni) vasiyat qiladi. Agar (merosxo'rlar) ikkidan ortiq ayol bo'lsa, ularga (marhum) qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo'lsa, unga (merosning) yarmi (tegur). Agar (marhumning) farzandi bo'lsa, ota-onasining har biriga qoldirgan (meros)ning oltidan biri (tegur). Agar farzandi bo'lmay, faqat ota-onasi merosxo'r bo'lsa, u holda onasiga uchdan bir (haq) tegur. Agar (marhumning) aka-ukalari bo'lsa, onasiga oltidan bir (haq) tegur. (Bu taqsimotlar marhumning) qilgan vasiyati yoki qarzi (ado etilgan)dan so'ng (ijro etilur)*. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari sizlar uchun foydaliroq ekanini bilmaysizlar. (Shuning uchun meros taqsimi) Allohning (o'zi) tomonidan (belgilandi va) farz qilib qo'yildi. Albatta, Alloh bilimdon va hakimdir. Izoh: Bu yerda vasiyat birinchi navbatda ijro etiladimi yoki qarzi to'lanadimi, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Zero, "vasiyat yoki qarzi" deyilgan. "yoki" lafzi esa mantiq bo'yicha ikki tomondagi so'zlarning oldin- keyinligini ifoda etmaydi. Ya'ni, vasiyatni birinchi bajaradimi yoki qarzini birinchi to'laydimi, ixtiyoriy ekanligini bildiradi. Lekin hadisi sharifda: "Qarz, albatta, vasiyatdan muqaddamdir", - deyilgan. Binobarin, shariatda qarzni muqaddam ado etishlik joriy qilingan. 12. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan (meros)dan - agar ularning farzandi bo'lmasa - yarmi (tegur). Agar ularning farzandlari bo'lsa, sizlarga ular qoldirgan (meroslari)dan to'rtdan bir (hissa) tegur. (Bu taqsimot) u (marhumalar) vasiyati yoki qarzi (adosi)dan keyin (ijro etilur). U (xotin)larga sizlar qoldirgan (meros)ning - agar farzandlaringiz bo'lmasa - to'rtdan bir (hissa) tegur. Agar farzandingiz