Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
26
qilmog‘idan to‘laroqdur. Bas, odam bulardin nechuk sharofatlik bo‘lg‘usidur?
G’oliblik va balandlik qilmoq g‘azabning xohishidandurkim, bu darrandalarning
sifatidur. Bas, odamga darranda va to‘rt oyoqli hayvonlarga bergan
sifatlar ham
berilibdur.
Endi bundin ham ziyoda kamoli sharofatni beribdurkim, bu aql ne’matidur. Bas,
odam o‘zini yaratgan Alloh azza va jallani shu aql-idrok bilan tanur. Alloh taoloning
ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini tafakkur bilan mushohada qilib,
aql nuri
birla o‘zini g‘azab ilkidin xalos qilur. Bu farishtalar sifatidandur. Bu sifat hamma
vahshiy hayvonlar sifatidan g‘olibdur. Alloh ro‘yi zamindagi barcha mavjudotlarni
insonga musaxxar qildi - bo‘yinsundirdi. Haq taolo kalomi majidida xabar beribdurki:
Va saxxara lakum mo fi-s-samovati vama fil-arzi jami’an minhu.
Oyatning tafsiri: Haq taolo sizlarga yer yuzidagi mavjudotlarning hammasini
bo‘ysundirdi. (Josiya, 13).
Bas, odamning haqiqati ul nimarsadurki, kamoli va sharofati
aning birla bordur,
ya’ni aql birladur. Va o‘zga sifatlar g‘arib va oriyatdurki, aqlning madadi va chokarligi
bilan amalga oshmasa.
Bul dalil
birla vaqtiki odam vafot qilsa, na g‘azab qolur va na shahvat. Ammo
javhari aqlkim, ravshan va nuroniy, Haq taoloning ma’rifati birla orasta bo‘libdur,
odamning rafiqi bo‘lib, farishtai muqarrablar birla hazrati Haq subhonahu va
taoloning dargohida bo‘lgusidur.
Fa maq’adi sidqin inda malikin muqtadirin.
(Ya’ni, (Ular) qudratli podshoh (Alloh)ning huzurida sadoqat maqomida bo‘lurlar.
(Qamar, 55).
Va ammo ba’zi dil bo‘lurkim, tiyra va qorong‘u va tuban. Tiyraligi ul jihatidindurki,
ma’siyat zulmatidin zangvor - ya’ni zang o‘ltirgandur. Va nigunsorligi ul jihatidindurki,
shahvat va g‘azab xohishiga berilibdur. Bas, shahvat va g‘azab xohishi bu dunyoda
qolg‘usidurkim, ul jihatdin bu olami sifliyga mutavajjih bo‘lib, nogiron bo‘lg‘usidur.
Bas, nochor dil nigunsor - xarob bo‘lur.
Bu ma’nodin hazrati Haq subhonahu va taolo xabar beribdurki:
Va lav taro izi-l-mujrimuna nakisu ru’usihim inda rabbihim.
Gunohkor, mujrim, osiylarni Alloh dargohida boshlari egik holda ko‘rasizlar. (Sajda,
12).
Bas, bu nav’ dil shayotin birla Sijjin otlig‘ do‘zaxda yonib rasvo bo‘lg‘usidur.
Dostları ilə paylaş: