Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1364-1369
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1367 www.ares.uz
MUHOKAMA
Taʼlim tizimida mavjud kamchiliklarni oʻrganish va ularning tahlili shuni
koʻrsatdiki, pedagogik taʼlim yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni
rejalashtirish, taʼlim bosqichlari oʻrtasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, taʼlim
subyektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududlarda pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojning
qondirilmasligi va taʼlim sifatining pasayishiga sabab boʻlgan.
Pedagogik taʼlimning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan
kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda
fan va taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlikni taʼminlash uzluksiz pedagogik
taʼlimni klaster rivojlanish tizimiga oʻtkazish zaruratini taqozo etmoqda.
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha taʼlim turlari,
ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-
metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning birgalikdagi vazifalar
taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga
koʻtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʻz tarkibiga
kiruvchi taʼlimiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy
layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish
qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira
olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash uchun
birlashtirishdir.
Quyidagilar klaster tizimining subyektlari sifatida ishtirok etadi:
– talabalar, magistrantlar va doktorantlar pedagogik amaliyot oʻtaydigan, taʼlimiy,
ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan oʻquv
va tajriba eksperimental baza vazifasini oʻtaydigan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta
maxsus, oliy va qoʻshimcha taʼlim muassasalari;
– taʼlimning turli darajalaridagi yangilanishlarga muvofiq ravishda kattalarning
qoʻshimcha taʼlimi tizimi muassasalari, bolalar va oʻsmirlarning maktabgacha,
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish muassasalari;
– hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan va uni belgilaydigan
ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari;
Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy
maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib
chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi
subyektlari bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida
|