Mavzu:Og’irlik
kvadratlarining
asosiy
metrologik
xususiyatini o’rganish
Reja:
1.Metrologiya
2.Og’irlik kvadratlarining asosiy metrologik xususiyati
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) —
oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda
talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy
muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar
birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va
vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi,
oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d)
oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash
vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar
oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish
usullari.Dastlab, Metrologiya turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa,
sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan
tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida
ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning
imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining
hukumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega boʻldi. Metrologiya yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga
tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi,
shu bilan birga, moddiy dunyo obyektlari xossalarining miqdoriy
ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi.
Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy Metrologiya)
ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash
jarayonlari
va
bu
jarayonlarning
elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar,
ularning birliklari, oʻlchash vositalari va
usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash
natijalarini tahlil qilish va oʻrganish
natijasida olingan maʼlumotlar va
umumlashmalar
kiradi.M.da
oʻlchanadigan kattalik obyekt (tizim,
jarayon)
ning
xususiyati
sifatida
izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi
va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni
xususiyat sifatida kator obyektlar uchun
umumiy va u bir obyekt uchun
boshkasiga Karaganda maʼlum son
marta
katta
yoki
kichik
boʻlishi
mumkin. las, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa
(obyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obyekt
yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa
ga ega; obyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning
uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar).
Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obyektiv (miqdoriy)
baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun —
shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv
boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli
(mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi
kattaliklar
qiymatlarining
ketma-ketligi
kattalik
shkalasi
deb
ataladi.Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini
tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. Metrologiyada
fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari
oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy
tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul
qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy Metrologiya
oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash
usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik
statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng
foydalaniladi.Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan
barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash
yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining
etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va
ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun
moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar
qoʻllanilgan. Metrologiya etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta
tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek,
birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham
oʻrganadi.Qonunlashtiruvchi Metrologiya — davlat tomonidan aniq
belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash
vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi.
Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va
saqlab turish uchun Metrologiya boʻyicha milliy idoralar tomonidan
boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.Bir dona chiroyli olma
olamiz (haqiqiy, iste’mol qilinadigan olma). Uni biror bir tarozida, masalan
savdo do‘konlaridagi o‘lchash tarozisida tortib ko‘ramiz. Aytaylik massasi
74 g chiqdi. So'ngra uni kattaroq, masalan qoplangan mahsulotlami
tortadigan yerga qo‘yiladigan tarozida olchab ko‘ramiz. Endi olgan
qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini
(10 tonnagacha) o‘lchaydigan katta tarozida o‘lchaymiz. Bu tarozi
olmaning massasi yo‘q deb uning og4irligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba,
olmani bir necha bo‘lak!arga bo‘lib, laboratoriya tarozisida har bir
boMakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz
quyidagicha bo‘lishi mumkin - 74,3718 g. Qarang-a, to‘rtxil o‘Ichash
vositasida to‘rtxil qiymat oldik. Xo4sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb
olishimiz mumkin. Aslida, olmaning massasi qanday? Albatta, tajribada
ko4rilayotgan olmaning aynan olingan qiymati mavjud. Bu qiymatni biz
chinakam qiymat deb ataymiz. Chinakam qiymat kattalikni miqdor
jihatdan har tomonlama, bekami-ko‘st va butkul tavsiflaydigan qiymat
hisoblanadi. Ammo, uni aniq o‘lchash imkoniyati mavjud emas. Shuni
ko'rib chiqamiz: Faraz qilaylik, оЧа aniq oichaydigan tarozi topdik va
olmaning massasini aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir
to‘xtamga kelgan qiymatni ololmaysiz. Chunki olmadan juda oz miqdorda
(1-2 molekula bolsa ham) namlik kamayib turadi. Demak aniq qiymatni
ololmaysiz. Biz hozir aniq o'lchaydigan vosita bor deb hisoblayapmiz.
Lekin aslida bunday oichash vositasi yo’q va bo’lmaydi ham. Nima uchun
deyishingiz
tabiiy,
albatta.
Agar o’zga sayyoraliklar kelib
bizga
aynan
shunday,
bekami-ko'st, mutlaqo aniq
o'lchaydigan asbob olib kelib
berishganda
ham
quyidagi
paradoks
bo‘Iishi
tabiiy.
Metrologik nuqtai nazardan
o'lchash vositasiniig muayyan
metrologik tavsiflari mavjud
bo4lib, bu tavsiflarga ega
bo4lgandan so'nggina biz olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz
aytayotgan o4lchash vositasini metrologik tavsiflash uchun undan ham
aniq olchaydigan boshqa asbob kerak bo'ladi. Bu xuddi analginning
tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa
analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o‘lchab
bo'lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni olchash imkoni yo’q ekan,
o‘lchash amalida qiymati unga yaqin bo'lgan va uni o4miga ishlatilishi
mumkin bo;lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qocllaniladi. Bu
xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud: 1 - Postulat 0
‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir. 2 - Postulat
Kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas. 3 - Postulat
O'Ichash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir. Kattaliklar
juda ko‘p va turli-tuman, lekin ulaming barchasi ham ikkitagina tavsif
bilan tushuntiriladi. Bu - sifat va miqdor tavsiflari. Sifat tavsifi - olingan
kattalikning mohivatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. Gap
masofa borasida ketganda muayyan olingan obyektning oichamlarini,
uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildimvchi xususiyatni tushunamiz,
ya’ni kocz oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz
mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig‘ishtirib, ko‘z oldingizga
og'irlik va harorat nomli kattaliklami keltiring. Xo‘sh, ularning sifat
tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og‘irlik
deganda qandaydir bir mavhum, og‘ir yoki yengil obyektni, aksariyat,
tarozi toshlarini ko;z oldiga keltirgansiz, harorat to‘g‘risida gap borganda
esa, issiq-sovuqlikni bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana
shular biz sizga tushuntirmoqchi bo‘lgan kattalikning sifat tavsifi bo'lib
hisoblanadi. Endi olingan obyektlarda biror bir kattalik to‘g‘risida
so'zlaydigan boMsak, bu obyektlar o4zida shu kattalikni ko‘p yoki kam
“mujassamlashtirganligining” shohidi bo‘lamiz. Bu esa kattalikning
miqdor tavsifi bo‘ladi. Mana endi kattalikning ta’rifmi keltirish mumkin:
Kattalik - sifat jihatidan ко’pgina fizikaviy obyektlarga (fizikaviy
tizimlarga, ularning holatlariga va ular da o (tayotgan jarayonlarga)
nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor jihatidan har bir obyekt uchun xususiy
bo’gan xossadir. Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror obyektning xossasi
ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq
bo'lishini ifodalaydi. Biz o‘rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu
kattaliklar, ularning birliklari, o‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan
chambarchas bog‘liqdir. “Kattalik” atamasidan xossaning faqat miqdoriy
tomonini ifodalash uchun foydalanish to‘g;ri emas (masalan, “massa
kattaligi”, “bosim kattaligi” deb yozish), chunki shu xossaIarning o‘zi
kattalik bo'ladi. Bunda “kattalik oichami” degan atamani ishlatish to‘g‘ri
hisoblanadi. Masalan, malum jismning uzunligi, massasi, elektr qarshiligi
va hokazolar. Har bir fizikaviy obyekt bir qancha obyektiv xossalar bilan
tavsiflanishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bit
xossalarni bilishga talab ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy
o‘lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikui o‘lchash imkonivati
mavjud. Bu ko‘rsatkich 2050 -yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat
qilinmoqda. Ko‘pincha kattalikning o'rniga parametr, sifat ko’rsatkichi.
tavsif (xarakteristika) degan atamalarning ham qollanishiga duch kelamiz,
lekLn bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi. Muayyan
guruhlardagi kattaliklarning orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo'Jib, uni
fizikaviy bog4lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt
birligidagi o'tilgan masofa bo'yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana
shu bogManishlar asosida kattaliklar ikki guruhga boMib ko'riladi: asosiy
kattaliklar va bosilaviy kattaliklar. Asosiy kattalik deb ko‘rilayotgan
tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga
nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan.
masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorugMik kuchi kabiiar. Hosilaviy
kattalik deb tizimga kiradigan va tizlmnmg kattalik!ari orqali
ifodalanadigan kattalikka aytiladi Masalan, tezlik, tezlanish, elektr
qarshiligi, quwat va boshqalar. Har bir xossa ko‘p yoki kam darajada
ifodalanishi. ya’ni miqdor tavsifiga ega boMishi mumkin ekan, demak bu
xossani o‘lchash ham mumkin. Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy
tarzda ifodalashda olchamlilikdan foydalanamiz. 43 Kattalikning о
‘Ichamliligi deb shu kattalikning tizimdagi asosfy kattaliklar bilan
bogiliqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffltsiyenti 1 ga teng
bo‘lgan ifodaga aytiladu Kattaliklaming oichamliligini dimension -
olcham, olchamlilik ma’nosini bildiradigan (ingi.) so‘zga asoslangan holda
dim simvoli bilan belgilanadi. Odatda, asosiy kattaliklaming olchamliligi
mos holdagi bosh harflar bilan belgilanadi, masalan: dim I = L; dim m =
M; dim t=T. Hosilaviy kattaliklaming oichamliligini aniqlashda quyidagi
qoidalarga amal qilish lozim: 1. Tenglamaning ocng va chap tomonlarining
olchamliligi mos kelmasligi mumkin emas, chunki, faqat bir xil
xossalargina o‘zaro solishtirilishi mumkin. Bundan xulosa qilib aytadigan
bolsak, faqat bir xil olchamlilikka ega bolgan kattaliklamigina algebraik
qo‘shish mumkin. 2. Olchamliliklaming algebrasi ko‘payuvchandir, ya’ni
faqatgina ko‘paytirish amalidan iboratdir: 2.1. Bir nechta kattaliklar
ko‘paytmasining olchamliligi ularning olchamliliklarining ko‘paytmasiga
teng, ya’ni: А, В, C, Q kattaliklarining qiymatlari orasidagi boglanish
Q=ABC ko'rinishda berilgan bolsa, u holda: dim Q = (dimA)(dim B)(dim
C). 2.2. Bir kattalikni boshqasiga bolishdagi bo‘linmaning olchamliligi
ulaming olchamliliklarining nisbatiga teng, ya’ni Q -A /B bolsa, u holda:
dim Q = dim A / dim B. 2.3.Darajaga ko‘tarilgan ixtiyoriy kattalikning
olchamliligi uning oichamliligini shu darajaga oshirilganligiga tengdir,
ya’ni, Q = A n bolsa, u holda: dim Q = dimAn. Masalan, agar tezlik v = l/t
bolsa, u holda: 44 dim v = dim I/dim t = L/T = L T ‘K Shunday qilib.
hosilaviy kattalikning oichamliligini ifodalashda quyidagi formuladan
foydalanish mumkin: dimQ = L"MmJ bunda, L, M, mos ravishda asosiy
kattaliklarniog oslchamligi; n, m, A:r ..,-o4chamlilikning daraja
ko‘rsatkichi. Har bir 0‘lchainiilikning daraja ko'rsatkichi musbat yoki
manfiy, butun yoki kasr songa yoxud nolga teng bo‘lishi mumkin. Agar
barcha daraja ko‘rsatkichlari nolga teng bo‘lsa. u holda bunday kattalikni
oichamsiz kattalik deviladi. Bu kattalik bir nomdagi kattaliklaming nisbati
bilan aniqlanadigan nisbiy (masalan, dielektrik o‘tkazuvchanlik).
logarifmik (masalan, elektr quvvati va kuchlanishining logarifmik nisbati)
boiishi mumkin. O'lchamliliklaming nazariyasi odatda hosil qilingan ifoda
(formula)iami tekshirish uchun juda qo‘l keladi. Ba’zan esa bu texshiruv
noma'lum bo‘lgan kattaliklarni topish imkonini ham beradi. Ogʻirlik —
Yer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga
toʻsqinlik qiladigan gorizontal tayanch (yoki osma) ga taʼsir kuchi.
Nyutonning ikkinchi qonuniga koʻra (qarang Nyutonning mexanika
qonunlari), jismning vazni P=m(g — a) =F(h — a/g), bunda: t — jism
massasi, g — erkin tushish tezlanishi, a — tashqi kuchlar taʼsirida jism
erishgan tezlanishi, Gʻ — tortishish kuchi va Yerning sutkalik aylanishi
tufayli hosil boʻluvchi kuchning geometrik yigʻindisidan iborat ogʻirlik
kuchi, a =0 boʻlganda vazn ogʻirlik kuchiga teng , g=a boʻlganda vazn
nolga teng boʻladi, yaʼni vaznsizlik holati yuzaga keladi. Vazn —
oʻzgaruvchan kattalik, u joyning geografik kengligiga boglik (qutbda u
ekvatordagiga qaraganda kattaroq qiymatga ega boʻladi). Jismning
ekvatordagi vazni qutbdagi vazniga qaraganda 1/288 marta kichik.
Xulosa
Jismning harakteristikasi — bu uning massasidir. Xalqaro birliklar tizimi
SI da vazn ogʻirlik kuch birligi nyuton (N)da, massa — massa birligi
kilogramm (kg) da oʻlchanadi. O‘rindoshlik usuli - o‘lchov bilan
taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov
orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga
asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga
galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish: R0 K 1 + 2 U - Bunda
“K”ni ikkala holatda (1,2) qo‘yganda 1=2 shart bajarilishi kerak. I1 = U
/ R0→1 I2 = U / Rk →2 Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash
usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan
kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos
keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val
diametrini moslash. O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun
qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqarishga
muo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. Ma’lumotni tavsif etishiga
qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: Shkalali o‘lchash
vositalari; Raqamli o‘lchash vositalari; O‘ziyozar o‘lchash vositalari. 4.1
rasm. O‘ziyozar asboblar a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali
o‘ziyozar asbob. Korxona metrologik xizmati idoraviy metrologik
xizmatning asosiy bo‘gMni boMib hisoblanadi. U direktor buyrugM
asosida mustaqil tuzilmaviy boMinma sifatida tuziladi va bosh metrolog
tomonidan boshqariladi. Korxona, tashkilot metrologik xizmatining asosiy
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: - oMchashlar birliligi va talab
etilayotgan aniqligini ta’minlash, korxona, tashkilotda oMchashlar,
tekshirish va sinov texnikasi darajasini oshirish va takomillashtirish; -
korxona, tashkilot faoliyatining barcha doiralarida metrologik ta’minotni
tayyorlash va takomillashtirish bo‘yicha ishlami olib borish; - ilmiy
tadqiqotlar, loyiha, konstruktorlik va eksperimental ishlar samaradorligini
oshirishni, texnologik jarayonlarning berilgan rejimlarini saqlab turishni
ta’minlovchi oMchashlar. tekshirish va sinovlami bajarish vositalari va
metodikalarining maqbul nomenklaturasini aniqlash va rejali joriy etish.
Dostları ilə paylaş: |