Bakalavrlar tayyorlashda umumkasbiy fanlaridan biridir



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix29.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#91091
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
EMT apparatlari elementlari va o\'zgartkich texnikasi fanidan Mustaqil

 
 
 


23 
Lug‘at tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar 
Yozma ravishda tuziladi. Atamalar, so‘zlar va tushunchalarning nomi va 
ma’nosini alifbo tartibida o‘z ichiga oladi. 
Lug‘at tuzish bo‘yicha topshiriqlar semestr boshida kerak bo‘lganda yoki 
oldindan rejalashtirilgan holda o‘quv jarayoni dinamikasida mustaqil ishlash uchun 
daftarga kiritiladi. 
Talabalarning vazifalari: 
1. Manba materialini o‘qish, asosiy atamalarni, tushunarsiz so‘zlarni tanlash; 
2. Asosiy atamalarni, tushunarsiz so‘zlarni tanlash, tushunchalarning asosiy 
ta’riflarini yozib olish; 
3. Tanlangan ta’riflarni tanqidiy tushunish va ularni o‘zgartirishga harakat qilish 
(ortiqcha va takroriylikni yo‘q qilish nuqtai nazaridan soddalashtirish); 
4. Ishni tartibga solish, rasmiylashtirish va o‘z vaqtida topshirish. 
Baholash mezonlari: 
-atamalarning mavzuga muvofiqligi; 
-fanni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq atamalarning ko‘p o‘lchovli 
talqini va ularni talqinini konkretlashtirish; 
-dizaynning talablarga muvofiqligi; 
-ishni o‘z vaqtida topshirilganliligi. 
Lug‘at tuzish na’munasi 
Ilovalar-8 
 
Ushbu bo‘lim uchun krossvordlar va ularga javoblar tuzish. 
Topshiriqning xarakteristikasi 
Bu bo‘lim uchun krossvordlar va ularga javob tuzish - bu ma’lumotlarni grafik 
ko‘rinishida ko‘rsatish va undagi bilimlarni nazorat qilish turi xisoblanadi. Krossvord 
tuzish ishi talabadan materialni o‘zlashtirishni, o‘z fikrlarini jamlash qobiliyatini va 
aqlning moslashuvchanligini talab qiladi.
Krossvordlarni yechish, o‘z-o‘zini nazorat 
qilish va bilimlarni o‘zaro nazorat qilish usuli sifatida mustaqil ishlarda ko‘proq 
qo‘llaniladi. 
Krossvord tuzish darsdan tashqari mustaqil ish turi sifatida qaraladi va 
talabalardan krossvordni yechishda zarur bo‘lgan bir xil sifatlarni emas, balki 
ma’lumotlarni tizimlashtirish qobiliyatini ham talab qiladi. Krossvordlar har xil shakl 
va uzunlikdagi so‘zlardan iborat bo‘lishi mumkin.Krossvordlar tuzish uchun 
sarflanadigan vaqt axborot hajmiga, uning murakkabligiga bog‘liq va o‘qituvchi 
tomonidan belgilanadi.Kamida 20 so‘zdan iborat bitta krossvordni tayyorlashning 
taxminiy vaqti - 1 soat 


24 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin