Bakalavrlar tayyorlashda umumkasbiy fanlaridan biridir



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix29.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#91091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
EMT apparatlari elementlari va o\'zgartkich texnikasi fanidan Mustaqil

 
Tuzuvchi : 

Soliyev B.G‘ 

Taqrizchi:
 
dots.  
Oxunov Q.X 



MUNDARIJA 
1. Tushuntirish xati. 
2. D
arsdan tashqari
mustaqil ishlarni bajarish uchun tematik reja. 
3. D
arsdan tashqari
mustaqil ishlar mazmuni. 
4. D
arsdan tashqari
mustaqil ishlarni bajarish uchun adabiyotlar. 
5. D
arsdan tashqari
mustaqil ishlarni bajarish uchun baholash
mezonlari. 
6. Qo‘shimcha va ilovalar. 
 
 



1. TUSHUNTIRISH XATI 
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va uning 
zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan, bu bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va 
kasbiy malakasini shakllantirish shartlarini belgilovchi omil bo‘lib, o‘quv vazifalarini 
mustaqil ravishda bajarish, tizimli faoliyat yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy 
munosabatlar, kelajakdagi mutaxassishi o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda katta 
ahamiyatga ega. 
Davlat ta’lim standartlari bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy 
kompetensiyalarini shakllantirish, ta’lim vazifalarini mustaqil bajarish uchun 
barqaror ko‘nikmalarni shakllantirish shartlarini belgilovchi omil sifatida 
talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish zarurligiga asoslanadi. 
Kredit-modul tizimida Davlat ta’lim standarti talablari va o‘quv rejasiga 
muvofiq talaba har bir fanni o‘zlashtirishi uchun ma’lum miqdordagi auditoriyadan 
tashqari mustaqil ishni bajarishi shartligi belgilangan. Talabalarning mustaqil 
ishlarining hajmi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
«Elektr mexanik tizimlarni apparatlari, elementlari va o‘zgartkich texnikasi » 
fani bo‘yicha talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishining maqsadi - fanning 
asosiy bilimlarini, ijodiy, tadqiqot faoliyati, mustaqillik, mas’uliyat va 
tashkilotchilikni rivojlantirish, ta’lim muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish 
professional darajada bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari: 
1) talabalarning olingan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini 
tizimlashtirish va mustahkamlash; 
2) nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; 
3) tanqidiy fikrlashni, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini takomillashtirish va anglash 
qobiliyatini rivojlantirish; 
5) tadqiqot qobiliyatini rivojlantirish, intellektual qobiliyatlarni shakllantirish; 
6) talabaning darsdan tashqari mustaqil ishlash jarayonida to‘plangan va olingan 
materiallardan imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanish. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin