21
5. Muammoning mazmunini va uning yechimiga sizning yondashuvlaringizni
qisqa,ammo lo‘nda qilib ochib berish;
6. Hisobot, inshoni yozma ravishda tuzish va o‘z vaqtida topshirish.
7. Hisobot bilan taqdimot 5-7 daqiqa.
Baholash mezonlari:
- yangilik, g‘oyaning o‘ziga xosligi, yondashuvi;
- ishlarning hozirgi holatiga real baho berish;
- taklif qilingan g‘oyaning foydaliligi va realligi;
- bu g‘oyani amalga oshirishning ahamiyati, yondashuvi, qamrov kengligi;
- badiiy ekspressivlik, yorqinlik, taqdimot tasviri;
- taqdimotning savodxonligi;
- hisobot, insholar o‘z vaqtida topshiriladi.
Ilovalar-6
Taqdimot materiallarini tayyorlash
Topshiriqning xarakteristikasi
Taqdimot materiallarini yaratish - bu o‘quvchilarning HRV ko‘rgazmali
axborot vositalarini PowyerPoint multimediyali kompyuter dasturi yordamida
yaratishi.
Ishning bu turi talabaning ma’lumotni elektron shaklda yig‘ish,
tizimlashtirish, qayta ishlash, uni o‘rganilayotgan mavzuning asosiy masalalarini
qisqacha aks ettiruvchi materiallar to‘plami shaklida formatlash ko‘nikmalarini
muvofiqlashtirishni talab qiladi. Ya’ni, taqdimot materiallarini yaratish o‘quv
ma’lumotlarini qayta ishlash va taqdim etish usullari va vositalarini kengaytiradi,
o‘quvchilarning kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Taqdimot materiallari talaba tomonidan slaydlar shaklida Microsoft
PowerPoinetdan foydalanib tayyorlanadi. Har qanday auditoriyadan tashqari mustaqil
ish natijalari taqdimot rejimiga mos keladigan formatga muvofiq prezentasiya sifatida
taqdim etilishi mumkin.
Taqdimot materiallarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar zarur
bo‘lgan holatlarda o‘quv jarayoni dinamikasi mustaqil ishlar xaritasiga kiritiladi va
amaliy mashg‘ulotlarda nazorat qilish uchun taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: