O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida
bir marta o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko‘pchiligi hozir
bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudi,
viloyatlar va
Toshkent
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi,
viloyatlar va Toshkent
shahar ma’muriy sudlari raislarining sud faoliyati to‘g‘risidagi va qonunchilikni qo‘llash
amaliyoti
haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini
ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qonunga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: