Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan
iborat. Shunga ko’ra, ziddiyatlarning ko’rinishi ham har xil bo’lib, ular narsa-hodisalarning
harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy
bo’lmagan kabi ko’rinishlarga bo’linadi. Jumladan, ichki ziddiyatlar – narsa va hodisalardagi
ichki jarayonlarning ifodasi, harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir.
Tashqi ziddiyat - narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi
bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo’ladi, degan
fikrga bormaslik kerak. Zero, globallaShuv va integratsiya jarayonlarida tashqi ziddiyatlarning
ham o’z o’rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish
qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar deb ataladi.
Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik hamda
o’zaro manfaatlar to’qnaShuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, ziddiyatlarni keltirib
chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash mumkin. R.L.Krichevskiy o’zining
“Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni 3 ta guruhga bo’ladi:
Birinchi guruh– mehnat jarayonidagi ziddiyatlar.
Ikkinchi guruh– insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni impatiya
va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar hatti-harakatlari, psixologik moslasha olmaslik
va hokazo.
Uchinchi guruh– jamoa a’zolarining o’ziga xosligi. Masalan, o’zini boshqara olmaslik,
ehtiroslarga berilish, tajovuz, do’q-po’pisa, haqoratlash-so’kinish,munosabatga kirisha olmaslik.
Ziddiyatlar
ma’muriy
tashkilotlar
va
ishlab
chiqarish
korxonalari
uchun
ahamiyati hal yetish yo’llariga ko’ra farqlanadi, umumiy ma’noda konstruktiv va estruktiv
ziddiyatlarga ajraladi.