Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go’zal bo’lishga intiling. Bunga esa agar istasa, har
qanday ayol tinimsiz o’z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar u kunda o’zining tabiatini
tarbiyalab borsa. Agar u o’ziga va qalbiga oz bo’lsa ham erinchoqlikka yo’l bermasa. Agar o’z-
o’ziga nisbatan talabchan bo’lsa.
Agar odamlarni hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan
rahm-shafqatli bo’lishga o’zini o’rgatsa.
Agar o’z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa. Agar yaqinlarini egovlab, ularni
janjal bilan
qiynamasa, o’ziga o’zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga aylanmasa. Aynan mana
shulardan keyingina ayol kishiga xos bo’lgan latofat boshlanadi. Va hech qanday bashang
liboslar uning aksini berkita olmasligini unutmang. Jizzakilik, g’azab, surbetlik, qo’pollik, hasad,
xo’jayinchilikka bo’lgan ehtiros va boshqa inson gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo’lgan)
qimmatbaho va yaltiroq lattalar bilan berkitib bo’lmaydi.
Uyda ayniqsa ayol kishi uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o’chib
ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O’zimizga
mos tarzda
kiyinishimiz to’satdan mehmonlarni kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi kayfiyat bilan
yurishga kerakdir, Ro’zg’or masalasini hisobga oladigan ayollar, eskirgan liboslarni yaxshi uyda
kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U nafaqat qulay, balki zamonaviy bo’lmog’i ham
lozimdir. Ayol kishining shalviragan kiyimlarni kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov
bergach, uni “
uy kiyimiga ko’zi qiymay” shkafga ilib qo’yuvchilarni
hech narsa bilan oqlab
bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: