Aksessuarlar. Zamonaviy ayollarning kiyimlari uning hayot tarziga, yoshi va qiziqishiga
mos bo’ladi. Libosni akssesuarlarlar – taqinchoqlar, sharf, bosh kiyim, sumkalar va oyoq
kiyimlar «ko’rsatadi». Ularning turli-tumanligi mos variantlarning topilishi va uyg’unligini
osonlashtiradi. Did bilan tanlangan jihozlar uning zamonaviy, bashang ko’rsatishga imkon berib,
uning uslubini ta’kidlab turadi.
Shubhasiz, tabiiylik va go’zallik doimo va bundan keyin ham eng zo’r bezak bo’lib
qoladi. Ammo ayollik latofatini uning soch turmagi va oyoq kiyiming o’zi ham baholaydi. Misol
uchun, yeyilib ketgan poshna – bashanglikning dushmanidir. Yirik, ko’zga tashlanadigan
aksessuarlar, katta sumkalar, kostyumning yirik ziynatlari, silliq va yorqin rangdagi kalta, yirik
kashtalar, katta hajmdagi bosh kiyimlar – bu faqat yirik, “qalin suyak” ayollargadir. Sarvqomat,
o’rta bo’ylik ayollar bunday xunuklashtiradigan narsalardan chetlab o’tgani ma’qul. Bu uni
bachkalanishtirishi mumkin.
Kumushdan yasalgan ziynatlar, garchi ularda yarim-qimmatbaho toshlar bo’lsa ham,
bashang zeb-ziynatlar hisoblanmaydi, agar ular zargarlik san’atining durdonasi bo’lsa, unda bu
istisno. Bunday holatda ziynatni norasmiy yoki «uy» kiyimiga moslab tutish mumkin.
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumiga tog’ billurining shaffof yoki tuslisi qo’yilgan bo’lsa,
unda faqat rasmiy sharoitda tutib yurish mumkin. Bu qoida oltin yoki uning suvi yugrizilgan
ziynatlarga taalluqli.
Kumush bilan oltin ziynatlarini baravar taqish mumkin, agar ular did va farosat
bilan uyg’unlashgan bo’lsa. Masalan, oltin va kumush zanjirlar to’q rangdagi libosni
go’zallashtirish mumkin, lekin kumush shodalar bilan oltin bilakuzuk taqish nojoizdir.
Ziynatlar to’plami odatda sovg’a tarzida tuhfa qilinadi. Ular o’zida shodalar bilan uzukka
qo’shib unga mos bo’lgan rusmdagi bilakuzuk yoki uzukni taqozo etadi. Ularni birvarakay
barchasini taqib olish didsizlikdan dalolat beradi. Muhimi ularning ko’pligi emas, balki sizni
«ochishidir». Bunday ziynatlarni taqsimab ishlatgan ma’qul. Bo’yin shodasini uzuk bilan,
ziraklarni bilakuzuk bilan taqing. Ular bilan siz nikoh uzugina taqib olishingiz mumkin. Agar
ikki yoki uch uzukni taqib yurilsa bu didsizlik hisoblanadi. Zamonaviylik doimo o’zgarib turadi,
shu sababli uning injiqlariga qaramasdan bir qoidani yodda tutish lozim – hamisha oshirib
yuborishdan saqlanish. Zero, kiyim va ziynatlarda me’yorni saqlay olmaydigan odamdan ko’ra
bir oz oddiyroq ko’ringan yaxshiroqdir. Ijodkor-modeler doimo sarvqomat, go’zal va yosh
ayollarga mo’ljallab liboslar o’ylab topishini unutmangiz. Bunga isbot tariqasida moda
jurnallarining sahifalarini keltirish mumkin.
Yoshi o’tgan, to’lishgan yoki semiz ayolning o’n sakkiz yoshli qizlarga o’xshab
kiyinishga harakat qilishidek ayanchli holat yo’q. Oynaga qarar ekansiz o’zingizga nisbatan
ob’ektivlilik bilan, o’zingiz istagan obrazning ilk shaklini talab qilgan holda baholash joiz.
Bunda o’zini har tomondan diqqat bilan kuzatib chiqib, tanqidiy jihatdan yondashishga harakat
qilmoq kerak. Qarshingizda turgan «notanish ayol» sizga yoqayotgan bo’lsa, demak tayyorsiz.
Aks holda, hammasini boshqatdan boshlagan ma’qul.