Yelkangizni doimo erkin tarzda, bo’yningiz va boshingizni cho’zmasdan tutganiz
ma’qul. Bunda gavda va bo’yin doimo to’g’ri bo’lgani kishini yana ko’rkam ko’rsatadi.
Viqorlilik bilan o’zni tutish, harakat va holatlardagi tabiiylik har bir insonga zeb beradi
va albatta, bashang ko’rinishni istagan erkaklar uchun bu zarurdir.
Shu sababli bunday maqsadga erishish yo’li – bu sport bilan shug’ullanishdir. Ertalabki
jismoniy tarbiyaga erinchoqlik qilmaslik lozim. Ko’proq harakatda bo’lish zarur: yugurish,
suzish, uzoq yo’llarga chiqish, sport o’yinlarini o’ynash. Bunday holatda biz maxsus
zo’riqishlarsiz ham to’g’ri, tabiiy va chiroyli harakatlar qila olishga erishishimiz mumkin. Biroq
hattoki ideal darajadagi sportcha gavdada ham suhbat chog’ida tavsiya etilmaydigan qoidalar
mavjud:
oyoqlarni chalishtirish;
qimirlatish;
tanishining tugmachalarida ushlab turish;
qo’lini kissasiga solib olish;
o’tirganda oyoqni yoyib olmoq;
o’rindiqqa cho’zilib olish;
o’rindiqni u yoqdan bu yoqqa qimirlatib o’tirish tavsiya etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: