Yaponiya. Yaponiya har doim o’zining an’anaviy yapon xushfe’lligi va xushmuomaligi
bilan tanilgan. Yaponiyada yoshu qari past ovozda gaplashadi. Yaponlarda birmuncha issiqlik
bo’lmasa-da, juda xushmuomala xalq hisoblanadilar. Yaponlar uchun xushmuomalik va odob-
axloq qoidalari deyarli muqaddas hisoblanadi.
Yapon etiketi ma’nosini tushuntirish uning tamoyillaridan boshlanadi. Yaponlarning
oilaviy kutubxonasida boshqa adabiyotlar bilan birga etiket bo’yicha ko’rgazmali kitoblar,
xushfe’llilik qonunlarini o’rganish uchun amaliy qo’llanmalarni uchratish mumkin. Idoralar va
hukumat muassasalarida yangi xodimni ishga qabul qilishdan oldin, uning etiket qoidalarini qay
darajada bilishini tekshiradilar. Yapon etiketi insoning uyda, ko’chada, ishda qanday tuta bilishi
kerakligini belgilaydi.
Yaponlar choyni qanday uzatishni, qanday kiyinishni, bosh kiyimlardan qanday
foydalanishni bilishlari shart. Yevropa etiketidan farqli o’laroq, yapon etiketi qoidalari bo’yicha
zinadan harakatlanayotganda erkak kishi chap tarafda turishi, zinadan ko’tarilayotgan paytda
erkak kishi ayol kishidan avval, zinadan tushayotgan paytda esa erkak kishi orqada bo’lishi
kerak. Yaponlar xushmuomala va o’zini qo’lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun boshqa dunyo
xalqlari kabi etiket qoidalari juda muhimdir. Yaponlar o’zlarining an’analariga boshqalarning
rioya qilishini majburiy deb hisoblamasalar-da, ularga rioya qilganlarga nisbatan samimiy
minnatdorchilik bilan muomalada bo’ladilar. Yaponiyada bosh egib so’rashish an’anasi hali ham
keng tarqalgan bo’lgani uchun mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish
tavsiya qilinadi.
Xitoy. An’analarga alohida yondashish, tartib, o’rnatilgan qoida va an’analarga amal
qilish uning xulq va odob ta’limotining asosi bo’lib qolgan. Hozirgi paytda konfutsianlik
shartlari va insonlar o’rtasidagi munosabatlarning jiddiy vertikal tizimi ortda qoldi. Muomala
qilish, xulq-atvor tamoyillari, kiyim shartlari jamoat ierarxiyasiga bog’liq bo’lmagan holda
qat’iylik tusini yo’qotdi. Ayollar erkaklar kabi bir xil imtiyozlarga ega bo’ldilar. Shu bilan
birgalikda, kattalarga hurmat va milliy madaniyat, tarix, adabiyotga nisbatan e’tibor tuyg’ulari
saqlanib qoldi. Shuni yodda tutish kerakki, Xitoyda etiketning asosiy xususiyati
xushmuomalalikdir.
Xitoyda
yoshi katta
yoki
notanishShaxslar bilan muomualada
“siz”, deb
muloqotda bo’lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar asosan muloqotda
bo’lganda “sen”, deb muomalada bo’ladilar, bu, o’z navbatida, rus yoki, masalan fransuz kishilik
olmoshiga to’g’ri keladigan to’liq analog bo’lib hisoblanmaydi. Muloqotda Shaxs hurmat
yuzasidan ikkinchi Shaxsga nisbatan kishilik olmoshi o’rniga — janob (xonim) va familiyasini
qo’shib murojaat qilishi mumkin.