Fransiya. Fransiya etiketning vatani hisoblansa-da, unga boshqa mamlakatlardagi kabi
katta e’tibor berilmaydi. Bir necha asrlar davomida Fransiyada “fransiyalik o’zini qay tarzda
tutsa bu etiketdir”, degan fikr saqlanib kelmoqda. Farang tili — jahon va diplomatiya tili. Bu
borada, fransyaliklarning fikricha, hech narsa o’zgarmagan. Boshqa xalqlardan farqli o’laroq
fransiyaliklar horijliklar ularning tilini nafaqat bilishlarini, balki juda yaxshi darajada bilishlari
kerakligini zaruriy, deb hisoblashadi. Fransiyada bir-birini qay darajada bilishidan qat’iy nazar
qo’l berib salomlashish zaruriy odat tusiga kirgan.
Bir kun davomida bir kishi bilan ikki marta, go’yo bu insonni birinchi bor
ko’rayotgandek, qo’l berib salomlashish, ayni hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Suhbat chog’ida
fransuzlar bir-birlarining gaplarini bo’laveradilar. Bu narsa tarbiyasizlik alomati sifatida tan
olinmaydi, balki aksincha, suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglayotganliklarini anglatadi va
suhbatga qiziqishlari yuqori darajada bo’lgani uchun o’z fikrlarini tezroq bildirmoqchi
bo’lganliklarini namoyon qiladi. Boshqa millatlar suhbatida mumkin bo’lgan hollar
fransiyaliklar uchun tarbiyasizlik belgisi bo’lishi mumkin. Fransiyaliklar suhbat davomida
qo’llari bilan harakat qilishni yaxshi ko’radilar. Ular ayni qo’llari yordamida o’z fikrlarini
aniqroq yetkazadilar. Fransiyaliklar qo’llari harakatlaridan suhbatdoshning ichki dunyosi,
intellektuali darajasi va ichki hissiyotlari haqida bilish mumkin. Ular hayotdagi barcha hollar
uchun qo’l harakatlarini ishlatadilar: biror narsa yoqmagan hollarda, ishonchsizlikda, kechirim
so’raganda, taajublanganda, o’zini yo’qotib qo’yganda va sog’inganda.
Buyuk Britaniya. Inglizlarning
asosiy
fazilatlariga
o’z-o’zini
tuta
bilshi,
aytmoqchi bo’lgan gaplarini oxirigacha suhbatdoshiga yetkazmaslik, o’z muammolarini ichida
saqlab yurish qobiliyati, yetarli darajada ochiq emaslik, mulkni qadrlash, mustaqil bo’lish
xususiyatlari kiradi. Fikr almashganda inglizlarning bosiqligi — suhbatdoshga bo’lgan hurmat
belgisi. Suhbat davomida inglizlar qat’iy tushunchalardan voz kechib, “menimcha”, “mening
fikrimcha”, «men o’ylaymanki» kabi tushunchalarni ishlatadilar. Suhbatdoshning gapini hech bir
inkorsiz tinglash, gapiralayotgan fikrga rozilikni bildirish emas, aslo. Inglizlarning fikricha,
barcha hayotiy voqealarda o’zini tuta bilish insonning asosiy fazilatidir.
Muzokaralar odatda qisqa ob-havo to’g’risidagi yoki dunyo va mamlakat, sport
yangiliklari haqidagi xabarlardan boshlanadi. Ob-havo haqida suhbatlashish inglizlar uchun
nafaqat suhbat uchun eng qulay mavzu hisoblanadi, balki asosiy mavzuga o’tishga yoki suhbat
davomida paydo bo’ladigan bo’shliqlarni to’ldirishga yordam beradi.
Angliyada ko’rishganda, ayollar qo’lini o’pish va hamma borligida “naqadar go’zal
libos!”
yoki
“juda
ajoyib
tort!”
kabi
maqtovlar
juda
noo’rin
hisoblanadi.
Stol atrofida alohida suhbatlar qurish mumkin emas. Barcha o’tirganlar gapirgan kishini tinglashi
va notiq o’z navbatida, boshqalarga eshitarli qilib so’z yuritishi zarur.