3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
4-5-9-10-12

Fransiya. Fransiya etiketning vatani hisoblansa-da, unga boshqa mamlakatlardagi kabi 
katta e’tibor berilmaydi. Bir necha asrlar davomida Fransiyada “fransiyalik o’zini qay tarzda 
tutsa bu etiketdir”, degan fikr saqlanib kelmoqda. Farang tili — jahon va diplomatiya tili. Bu 
borada, fransyaliklarning fikricha, hech narsa o’zgarmagan. Boshqa xalqlardan farqli o’laroq 
fransiyaliklar horijliklar ularning tilini nafaqat bilishlarini, balki juda yaxshi darajada bilishlari 
kerakligini zaruriy, deb hisoblashadi. Fransiyada bir-birini qay darajada bilishidan qat’iy nazar 
qo’l berib salomlashish zaruriy odat tusiga kirgan. 
Bir kun davomida bir kishi bilan ikki marta, go’yo bu insonni birinchi bor 
ko’rayotgandek, qo’l berib salomlashish, ayni hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Suhbat chog’ida 
fransuzlar bir-birlarining gaplarini bo’laveradilar. Bu narsa tarbiyasizlik alomati sifatida tan 
olinmaydi, balki aksincha, suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglayotganliklarini anglatadi va 
suhbatga qiziqishlari yuqori darajada bo’lgani uchun o’z fikrlarini tezroq bildirmoqchi 
bo’lganliklarini namoyon qiladi. Boshqa millatlar suhbatida mumkin bo’lgan hollar 
fransiyaliklar uchun tarbiyasizlik belgisi bo’lishi mumkin. Fransiyaliklar suhbat davomida 
qo’llari bilan harakat qilishni yaxshi ko’radilar. Ular ayni qo’llari yordamida o’z fikrlarini 
aniqroq yetkazadilar. Fransiyaliklar qo’llari harakatlaridan suhbatdoshning ichki dunyosi
intellektuali darajasi va ichki hissiyotlari haqida bilish mumkin. Ular hayotdagi barcha hollar 
uchun qo’l harakatlarini ishlatadilar: biror narsa yoqmagan hollarda, ishonchsizlikda, kechirim 
so’raganda, taajublanganda, o’zini yo’qotib qo’yganda va sog’inganda. 
Buyuk 
Britaniya. 
Inglizlarning 
asosiy 
fazilatlariga 
o’z-o’zini 
tuta 
bilshi, 
aytmoqchi bo’lgan gaplarini oxirigacha suhbatdoshiga yetkazmaslik, o’z muammolarini ichida 
saqlab yurish qobiliyati, yetarli darajada ochiq emaslik, mulkni qadrlash, mustaqil bo’lish 
xususiyatlari kiradi. Fikr almashganda inglizlarning bosiqligi — suhbatdoshga bo’lgan hurmat 
belgisi. Suhbat davomida inglizlar qat’iy tushunchalardan voz kechib, “menimcha”, “mening 
fikrimcha”, «men o’ylaymanki» kabi tushunchalarni ishlatadilar. Suhbatdoshning gapini hech bir 
inkorsiz tinglash, gapiralayotgan fikrga rozilikni bildirish emas, aslo. Inglizlarning fikricha, 
barcha hayotiy voqealarda o’zini tuta bilish insonning asosiy fazilatidir. 
Muzokaralar odatda qisqa ob-havo to’g’risidagi yoki dunyo va mamlakat, sport 
yangiliklari haqidagi xabarlardan boshlanadi. Ob-havo haqida suhbatlashish inglizlar uchun 
nafaqat suhbat uchun eng qulay mavzu hisoblanadi, balki asosiy mavzuga o’tishga yoki suhbat 
davomida paydo bo’ladigan bo’shliqlarni to’ldirishga yordam beradi. 
Angliyada ko’rishganda, ayollar qo’lini o’pish va hamma borligida “naqadar go’zal 
libos!” 
yoki 
“juda 
ajoyib 
tort!” 
kabi 
maqtovlar 
juda 
noo’rin 
hisoblanadi. 
Stol atrofida alohida suhbatlar qurish mumkin emas. Barcha o’tirganlar gapirgan kishini tinglashi 
va notiq o’z navbatida, boshqalarga eshitarli qilib so’z yuritishi zarur. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin