3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
4-5-9-10-12

Yaponiya. Yaponiya har doim o’zining an’anaviy yapon xushfe’lligi va xushmuomaligi 
bilan tanilgan. Yaponiyada yoshu qari past ovozda gaplashadi. Yaponlarda birmuncha issiqlik 
bo’lmasa-da, juda xushmuomala xalq hisoblanadilar. Yaponlar uchun xushmuomalik va odob-
axloq qoidalari deyarli muqaddas hisoblanadi. 
Yapon etiketi ma’nosini tushuntirish uning tamoyillaridan boshlanadi. Yaponlarning 
oilaviy kutubxonasida boshqa adabiyotlar bilan birga etiket bo’yicha ko’rgazmali kitoblar
xushfe’llilik qonunlarini o’rganish uchun amaliy qo’llanmalarni uchratish mumkin. Idoralar va 
hukumat muassasalarida yangi xodimni ishga qabul qilishdan oldin, uning etiket qoidalarini qay 
darajada bilishini tekshiradilar. Yapon etiketi insoning uyda, ko’chada, ishda qanday tuta bilishi 
kerakligini belgilaydi. 
Yaponlar choyni qanday uzatishni, qanday kiyinishni, bosh kiyimlardan qanday 
foydalanishni bilishlari shart. Yevropa etiketidan farqli o’laroq, yapon etiketi qoidalari bo’yicha 
zinadan harakatlanayotganda erkak kishi chap tarafda turishi, zinadan ko’tarilayotgan paytda 
erkak kishi ayol kishidan avval, zinadan tushayotgan paytda esa erkak kishi orqada bo’lishi 
kerak. Yaponlar xushmuomala va o’zini qo’lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun boshqa dunyo 
xalqlari kabi etiket qoidalari juda muhimdir. Yaponlar o’zlarining an’analariga boshqalarning 
rioya qilishini majburiy deb hisoblamasalar-da, ularga rioya qilganlarga nisbatan samimiy 
minnatdorchilik bilan muomalada bo’ladilar. Yaponiyada bosh egib so’rashish an’anasi hali ham 
keng tarqalgan bo’lgani uchun mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish 
tavsiya qilinadi. 
Xitoy. An’analarga alohida yondashish, tartib, o’rnatilgan qoida va an’analarga amal 
qilish uning xulq va odob ta’limotining asosi bo’lib qolgan. Hozirgi paytda konfutsianlik 
shartlari va insonlar o’rtasidagi munosabatlarning jiddiy vertikal tizimi ortda qoldi. Muomala 
qilish, xulq-atvor tamoyillari, kiyim shartlari jamoat ierarxiyasiga bog’liq bo’lmagan holda 
qat’iylik tusini yo’qotdi. Ayollar erkaklar kabi bir xil imtiyozlarga ega bo’ldilar. Shu bilan 
birgalikda, kattalarga hurmat va milliy madaniyat, tarix, adabiyotga nisbatan e’tibor tuyg’ulari 
saqlanib qoldi. Shuni yodda tutish kerakki, Xitoyda etiketning asosiy xususiyati 
xushmuomalalikdir. 
Xitoyda 
yoshi katta 
yoki 
notanishShaxslar bilan muomualada 
“siz”, deb 
muloqotda bo’lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar asosan muloqotda 
bo’lganda “sen”, deb muomalada bo’ladilar, bu, o’z navbatida, rus yoki, masalan fransuz kishilik 


olmoshiga to’g’ri keladigan to’liq analog bo’lib hisoblanmaydi. Muloqotda Shaxs hurmat 
yuzasidan ikkinchi Shaxsga nisbatan kishilik olmoshi o’rniga — janob (xonim) va familiyasini 
qo’shib murojaat qilishi mumkin. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin