3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Muomala madaniyatining shakllari juda ko’p, ularning ichida uchtasi alohida



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
4-5-9-10-12

Muomala madaniyatining shakllari juda ko’p, ularning ichida uchtasi alohida 
ko’zga tashlanib turadi:
 xulq-atvor madaniyati;
 tashqi ko’rinish madaniyati;
 nutq madaniyati.  
Muomala madaniyati ushbu shakllarining barchasi bir vaqtning o’zida har bir odamda 
ichki mazmun va mohiyat, tashqi ifoda hamda ularning mushtarakligi yoki mushtarak emasligi 
tarzida sezilib turadi.
Muomala madaniyati uch tarkibiy qismdan iborat:  
1.fe’l-atvorning ichki mazmuni va mohiyati;
2.yurish-turishning tashqi ifodasi;
3.ular o’rtasidagi uygunlik va mutanosiblik darajalari.
Xulq-atvorning ichki mazmuni va mohiyatini shaxs axloqiy-huquqiy va estetik ongining 
rivojlanish darajasi tashkil etsa, tashqi ko’rinishini ularning sintezi bo’lgan estetik did, fahm-
farosat belgilaydi. Har ikkalasining uyg’unligi va mushtarikligi esa yuksak madaniyat sohibi 
ekanligidan darak beradi.
Muomala madaniyatining umumiy qoidalari quyidagilardan iborat:  
1. Odob va ehtiyot bilan muomala qilishdan hamma maqsadlar ro’yobga chiqadi. 
Muloyimlik bilan aytilgan so’zlar ko’ngilga rohat baxsh etadi. Shuning uchun hamma bilan 
odobga rioya etib muomala qiling, ochiq yuzli, shirin so’zli bo’ling.


2. Bir narsadan xafalanib, achchigingiz kelib turgan vaqtda hech kim bilan so’zlashmang, 
gazabingiz bosilguncha sabr qilib turing. Odamlarning kamchiliklarini kechiring, har ishda fikr 
qilish va e’tibor berishni unutmang.
3. Odamlarga aralashmay bir chetda turmang. Kim uchrasa, tekshirmay-ketmay darhol 
do’st bo’lib ketmang, har ishda hur fikrli, to’gri so’zli bo’ling, tilingiz va dilingiz birdek bo’lsin.
4. Qo’pol muomalali kishilarning muomalalariga yaxshi muomala bilan javob qaytaring.
5. O’zingizdan kichiklarni xo’rlamang, aqlingiz va martabangiz bilan maqtanmang, har 
kimning o’ziga munosib muomala qiling. 
6. Hamsuhbatingiz go’zal muomala qilishini istasangiz, avval o’zingiz unga go’zal 
muomala qiling, kishilarga muhabbatli bo’lishingiz sababli kamolotingiz hech bir zos ketmaydi.
7. Xalqqa yaxshi ishlarni so’zlang, yomon ishlarni yashiring. Odamlar bilan 
muomalangiz shunday bo’lsinki, hayotingizda sizni sevsinlar, vafot etganingizdan keyin sizni 
eslab, qaygursinlar.
8. Juda zarur bo’lib qolgan vaqtdagina xalqdan yordam so’rash mumkin. Xalqqa o’z 
ogirligingizni solmang, ularning mollariga tama qilmang, o’zingiz ishlang, mehnat qiling rizq-
ro’zingizni o’z mehnatingiz bilan yarating.
9. Bir ishni bajarishga ahd qildingizmi, so’zingizning ustidan chiqing, va’dangizga vafo 
qiling. Kim bilan do’st bo’lsangiz, do’stlikka sodiq bo’ling. Odamlarning shodliklariga 
shodlaning, qaygulariga qayguring. O’zingiz sevmagan narsani boshqalarga ravo ko’rmang.
10. Jamiyat manfaati uchun xizmat qiling, bu yo’lda sarflagan vaqtingizga achinmang, 
chunki boshqalarni sevish, ularga yordam bering, kamchiliklarini tugatish uluglik va 
odamgarchilik belgisidir. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin