tolasi” bo‘lib, odamlarning ijtimoiy kayfiyatini yaqqol ifoda etadi. Ayni paytda u jamiyatdagi
ezgu niyatli kuchlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan ta’sirchan va samarali qadriyatdir.
Bugun jamiyatimiz o‘zining ijtimoiy adolat konsepsiyasiga ega bo‘lib, bunda xalqimizga
azaldan xos bo‘lib kelgan adolatga ishonch va ehtirom tuyg‘usi ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiyotda adolat prinsipining asosiy qoidasi – qo‘shilgan
hissa va olingan ulush
mutanosibligi, manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash.
Demokratik prinsiplar esa muvozanatga keltirish vositasi rolini bajaradi. Adolat
prinsipining ratsional ahamiyatini oshirish uchun aniq me’yorlar, o‘lchovlar talab etiladi. Jamiyat
boyligiga qo‘shilgan hissa va undan olingan ulush mutanosibligi demokratik me’yorlarga ham
mos keladiki,
bu iqtisodiyotda
– mehnat va ish haqi;
siyosatda boshqaruvdagi ishtirok va burch;
huquqda – erkinlik va zarurat,
huquq va burch, jinoyat va jazo;
ijtimoiy sohada – insonning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi, ijtimoiy maqomining real
mehnat natijalari, qobiliyat va salohiyatiga qanchalik mos ekanida namoyon bo‘ladi. Adolatning
boshqa jihatlari ham demokratik mazmunga ega.
Ular jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiy va bir xilda tatbiq etilishi mumkin.
Amerikalik sotsiologlar
R. Xyusman va D. Xetfild “adolat omili” tushunchasini asoslab, uni
amalga oshirishda qo‘l keladigan qoidalarni keltiradi. Bular quyidagilar:
1) inson o‘zgalar bilan munosabatini o‘zining jamiyat ishiga qo‘shgan hissasi va buning
evaziga oladigan ulushini
taqqoslash orqali baholaydi;
2) qo‘shilgan
hissa
va
olingan
ulushning
nomutanosibligi
norozilikka
sabab bo‘ladi;
3) inson
o‘ziga
tegayotgan
ulushdan
qoniqmasa,
o‘zicha
adolatni
tiklashga harakat qiladi.
Xullas, ijtimoiy adolatning mazkur qoidalari jamiyatning barcha a’zolari uchun
umumiyligi va bir xilda tatbiq qilinishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu qoidalar ijtimoiy
uyg‘unlikning zaruriy asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: