Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala
qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va
h.k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko’rib
turamiz. Bu jarayon ayniqsa, davlat rahbarlariga horijiy mamlakatlar
elchilarining ishonch
yorliqlarini topshirish marosimlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Unda faqat bir xil holat, xalqaro
miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi
yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda
ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi - uni buzish
atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan,
qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy ko’rinishlari bilan birga, shunday milliy-an’anaviy
shakllari
ham borki, ularsiz millat madaniy hayotining tasavvur qilish qiyin. Masalan,
salomlashish odobini olib ko’raylik. Etiketning bu turiga ko’ra, ko’chadan o’tib ketayotgan
odam, ko’cha bo’yida o’tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o’ng qo’l
chap ko’krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa engil ta’zimga egilishi lozim.
Ko’rishish etiketida esa qo’lning uchini berib salomlashish ko’rishayotgan odamga
nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikni bildiradi - odobdan emas. Ko’rishganda yosh yoki martaba
nuqtai nazaridan katta kishi birinchi bo’lib qo’l uzatishi lozim; ayollar bilan ko’rishganda ham
erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmog’i talab qilinadi.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga ega. To’y
marosimida,
xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni
chap tomonda tutib, to’yxonaga boshlab kirishi v.h. etiket qonun-qoidalari to’liq bajarilishi
lozim. Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to’n va do’ppi kiygan, belbog’
bog’lagan holda, qo’l qovishtirib, boshni bir bu quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy
qoidaga
asoslanadi. Bular, bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusmlardan
fparqi yo’q ekan, degan taasurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg’on taassurot. CHunki
udum, odat, rasm-rusmlar muayyan
darajada erkinlikka ega, ba’zan ularni bajarmaslik ham
mumkin. Lekin etiketda buning imkoni yo’q – etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go’zallikning uyg’unligini
ko’rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-harakatlar vositasida amalga
oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog’liq, aniqrog’i, o’zni tutish estetikasi talablariga
javob beradi.
SHunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob
qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda,
u asl axloqiy asosini yo’qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo’ladi: etiket
qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o’z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko’rayotgan bo’lishi ham
mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning bir ko’rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa
shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro’parangizda tanishingiz yoki qo’shningiz uchraydi.
Siz ko’rishib, hol-ahvol so’rashib, so’ng sharqona etiketga rioya qilib uni: “Qani
uyga kiramiz,
choy qilamiz, bir hangomalashamiz”, deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga
kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yo’q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni o’ylab,
pitirlab turibsiz.
Demak, siz o’z istagingizga qarshi, etiket-mulozamat yuzasidan yolg’on gaplarni aytasiz,
xunuk eshitilsa ham na chora - munofiqlik qilasiz. SHunga qaramay, umuman olganda, etiket
shaxsni
muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo’lmasin, bosiqlikka,
muloyimlikka va sabr-toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir.
Xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari uning universalligidadir. Turli mamlakatlar
vakillarining, siyosiy qarashlar va turli dinlarga e’tiqodning, milliy an’analar va
ruhshunoslikning, turli hayot tarzi va madaniyatlarning bevosita muloqotlari xalqaro etiketning
asosini tashkil etadi. Har bir millatning ehtirom qoidalari bu milliy urf-odatlar va xalqaro
etiketning murakkab uyg’unligidir.
Bugungi kunda zamonaviy xalqaro etiket barcha mamlakatlar va o’tib ketgan avlod-
ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o’zlashtirib kelmokda. Uning rivojlanib borish
jarayoni
davomida u, turli mamlakatlar vakillari muloqoti orqali xalqlarda mavjud eng yaxshi
ehtirom me’yorlarni mujassam qilgan holda boyitilib bormoqda.
Har bir mamalakat o’z etiket tamoyillariga ega va ular xalqaro etiketning
ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: