Kibermakonda din omili
Reja:
1. Kibermakon tushunchasi va uning
mazmun-mohiyati.
2. Axborot urushi va uning
mazmuni
3. Din niqobidagi mafkuraviy
tahdidlarning namoyon bo‘lish
shakllari.
4. Yoshlarni internet va ijtimoiy
tarmoqlardagi axborot
xurujlaridan asrashning dolzarb
masalalari.
Tayanch tushunchalar:
Kibermakon, kibermakon va din, ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari, axborot asri
tahlikalari, internet tarmog‘idagi axborot urushi, global tarmoqdagi g‘oyaviy
xurujlar oldini olish, barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish.
1. «Kibermakon» tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Kibermakon
kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi
voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib,
takomillashib
kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson
1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi.
Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neyromancer» («Asabli
manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno- utopik fantastik
trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab
odamlarning
jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu
erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat
sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-
biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har
qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan
kishilar jamoasi tushuniladi.
Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan
kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporasiya» texnologiyalarning
insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi
ijtimoiy va madaniy
buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda.
Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari
yo‘lida axborot- kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
«Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asarida quyidagicha ta’kidlangan: «Taassufki,
ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay
olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga
tashlanmoqda.
Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga
oshirayotgan mutaassib kuchlar hali
ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r
yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini
aylantirib, ulardan o‘zining nopok
maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas
dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy
ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab
olishimiz va shundan xulosa
chiqarishimiz zarur».
«Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi
ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap
boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID
guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish
mumkin. Ularda IShID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani
aks etgan
videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
Terrorchilarning targ‘ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda.
«Odnoklassniki», «Facebook», «Instagram», «Twitter», «VKontakte» ijtimoiy
tarmoqlarida buzg‘unchilik va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi yuzlab guruhlar
mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini noto‘g‘ri, qabih
maqsadlarda
talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo‘lga kiritish
hisoblanadi.