Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

Tayanch so`zlar va iboralar
Transaksiya xarajatlari, foydalilikni o`lchash, shartnomalarni qiyoslash,
xarajatlar xillari, firma balansi, daromadlar to`g`risida hisobot, firma ichidagi
nizolar, industrial bozor, an’anaviy va fuqarolik kelishuvlari.
Takrorlash uchun savollar
1.
Transaksiya xarajatlari va foydalilikni o`lchashning o`ziga xos
jihatlarini tushuntiring.
2.
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari nimalarda namoyon bo`ladi?
И+А+Ф
И+Б+Ф
Industrial kelishuv: Bosh muhandislik xizmati
Bozor
Kelishuvi:
Sotuv bo`limi
Ananaviy kelishuv:
tashkiliy madaniyat
Fuqarolik kelishuvi:
Kasaba uyushma
И+А
А+Ф
И+Ф
Б+Ф
Б+И
7.2-расм. Kelishuvlar nazariyasi bo`yicha taxlil


92
3.
Transaksiya xarajatlari tarkibining axborot bazasi qanday hujjatlarda
mujassamlangan?
4.
Firma balansi qanday maqsadda tahlil qilinadi va bunda qanday
indekslar hisoblab chiqiladi?
5.
Kelishuvlar nima uchun zarur va ularning qanday yo`nalishlari
mavjud?
7-BOB. FIRMA NAZARIYASI
7.1. «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi
7.2. «Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
7.3. Firmaning ichki tuzilmasi
7.4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
7.5. Firmalarning asosiy xillari
7.1. «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi
Ish beruvchida o`zining vijdonliligi to`g`risida shubha
uyg`otmagan holda, u qanday sekin ishlashi mumkinligini
aniqlash uchun o`z vaqtining katta qismini yo`qotmagan
bilimdon xodimni topish amri mahol.
F. Teylor
 -
mehnatni ilmiy tashkil qilish asoschisi
Tashkilot o`lchamlarining o`sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan
nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab
beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik
o`rtasidagi tanlovdan iborat bo`lgan «prinsipal» dilemmasini o`yinlar
nazariyasidan quyidagi model yordamida ko`rsatamiz. «Prinsipal»ning nazorat
qilish uchun xarajatlari 1 ga teng deylik, «agent» tomonidan o`z
majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik
bilan bajarganlik holatlardagi yo`qotishlar esa –2 ga teng, deylik. «Agent»
tomonidan o`z vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda
bo`lingan yoki «ishdan bo`yin tovlash» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot
olish huquqidan mahrum bo`lishini hisobga olgan holda, «prinsipal» bilan
«agent»ning o`zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan izohlanadi:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin