80
Qayta bir qatorga saflanish, maydon
bo’ylab sekin yugurish, yurish mashqlarini
bajartirish. Bir qatorga saflash, o’quvchilarni
baxolash. Uyga vazifa berish, o’tilgan
mashqlarni uyda takrorlashni aytib o’tish.
O’quvchilarni zaldan chiqarib ketish.
olishi va o’zini tutishini
nazorat qilish. Uyga vazifa
berishda o’quvchilarning
shaxsiy xususiyatlarini
inobatga olish.
Yuqorida namuna sifatda berilgan jismoniy tarbiya darsining ishlanmasini
o’qituvchi ijobiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ilg’or pedagogik
texnologiyalar asosida yanada takomillashtirib borishi mumkin. Biroq bu
belgilangan darsning samaradorligini oshirishi shart.
Yana shuni qayd etib o’tish lozimki o’qituvchi har bir dars uchun yuqoridagi
hajmda dars ishlanmasi yozsa buning uchun ortiqcha yozish, ko’p mehnat qilish, vaqtni
yo’qotish deb bilishi mumkin. Buni inobatga olib quyidagi tavsiyalar beriladi:
-o’qituvchida har bir sinf uchun kamida 4-5 ta kengaytirilgan mukammal dars
ishlanmasi bo’lishi shart;
-qolgan darslar uchun tuzilgan dars ishlanmasini qisqartirilgan holda tuzish ham
mumkin;
Dars ishlanmasini tuzishda ba’zi talablarga amal qilinadi. Jumladan, ishlanmaning
qisqartirilgan shakli ham tushunarli bo’lishi kerak.Buning uchun quyidagilarga
ahamiyat berish kerak:
-o’qituvchi o’quv yili boshida har bir sinov uchun 10-12 ta URM kompleksini
tuzishi kerak;
-URM kompleksi bir-birini takrorlamasligi kerak;
-URM kompleksi alohida jamlanadi;
-dars ishlanmasi tuzishda URM darsning asosiy qismiga mos bo’lishi lozim;
Ammo darsda berilgan URM kompleksi tshliq bajartirilishi nazarda tutilib,
avvaldan tayyorlangan dars ishlanmasiga ilova qilib qo’yiladi.
URM turli xil usullarda o’tkazilishi ham o’quvchilarda jismoniy tarbiya darslariga
bo’lgan qiziqishini oshiradi va faollashtiradi. Shuning uchun har darsda turli xil URM
mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.Umumrivojlantiruvchi mashqlar tuzishda
albatta o’quvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi, maktab sharoiti va
jihozlarning mavjudligi inobatga olinishi kerak.
Mutaxassislar uchun Jismoniy tarbiya darslariga tayyorlanish, tashkil etish va
o’tkazish bilan birga boshqa o’qituvchi tomonidan o’tilgan darsni pedagogik tahlil eta
olish ham katta ahamiyatga ega.
Shuni inobatga olgan holda quyida jismoniy tarbiya darslarini pedagogik tahlil
etishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida ko’rsatmalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: