10-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni Jamoa haqida tushuncha


Sinf jamoasi rivojlanishining uchinchi bosqichi



Yüklə 405,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.04.2023
ölçüsü405,12 Kb.
#92511
1   2   3   4
10-mavzu Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash ko‘ni

Sinf jamoasi rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu 
bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashiga ko‘ra, 
bu davrda butun jamoa ―ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs‖larga talab 
qo‘ya boshlaydi. Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning 
butun a’zolari qiziqadi. Sinf jamoasi hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr 
mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va 
izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi 
mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va 
uning a’zolari xatti-harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda 
suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot 
vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, 
iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. O‘qituvchi jamoa 
a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy 
tajribasiga hissa qo‘shish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarini 
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Sinf jamoasining har bir a’zosida, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga 
muvofiq ravishda tashkil etish ko‘nikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida 
barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.


Boshlang‘ich sinf jamoasida barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga 
kelishining sababi — uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega 
bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir. Jamoa rivojlanishining 
uchinchi bosqichda ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu 
bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga 
nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qo‘ya boshlaydilar. Jamoa rivojlanishining 
to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar 
asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, 
har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan 
tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan o‘yindan 
umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib 
turadi.

Yüklə 405,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin