Bugun butun jahonda texnologiyalar yuksalish cho’qqisida



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/34
tarix03.04.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#92878
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Kitob 5602 uzsmart.uz

 
 
Qovushqoqlik bo’yicha 
 
a) Qovushqoqligi yuqori (BB) . . . . . . . . . . . . . 1,9 – 2,2 
b) Qovushqoqligi o’rtacha (CB) . . . . . . . . . . . . 1,31 – 1,89 
c) Qovushqoqligi past (HB) . . . . . . . . . . . . . . 1,11 – 1,30 
d) Qovushqoqligi juda past (BHB) . . . . . . . . . 1,03 – 1,10 
e) Yarim sekund davomidagi qovushqoqligi (ПСB) . . . 0,98-1,02 
f) Spirtda erishdagi o’rtacha qovushqoqligi (ПЧСВ) . . . . 
g) sharcha usuli bo’yicha 60-100s 
Kolloksilin eritmasining qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa, lakda parda hosil 
qiluvchi moddaning foiz miqdori shuncha kam bo’ladi, chunki kolloksilin eritmasining 
ish qovushqoqligigacha suyultirish uchun qo’shimcha miqdorda erituvchi modda 
qo’shiladi. Aksincha kolloksilin eritmasining qovushqoqligi qancha past bo’lsa, eritmada 
parda hosil qiluvchi moddaning foiz miqdori shuncha ko’p bo’ladi. Kolloksilin asosida 
lak-bo’yoq tarkiblar tayyorlash uchun qovushqoqligi past kolloksilinlar ko’proq (ПСB va 
ПЧСВ) ishlatiladi. 
Kolloksilin ketonlarda, sirka kislataning murakkab efirlarida, spirtlarda, 
etilatsetatda eriydi. U qattiq, ammo mo’rt parda qavati hosil qiladi. Bundan tashqari, 
parda qatlamning adgeziyasini yaxshilash va atmosfera ta’sirlariga chidamli qilish uchun 
kolloksilin asosli lak-bo’yoq tarkiblariga smolalar (gliftal, pentaftal, kanifol va boshqalar 
) va plastifikatorlar (kanakunjut moyi, dibutilftolat, trikrezilfosfat) qo’shiladi. 
Kolloksilin nitrolaklar, nitroemallar, nitrogrunt, nitroshpatlovka va boshqalar 
tayyorlashda asosiy xomashyodir. 
Nitrosellyulozali laklar 
Nitrolaklar lak kolloksilini, smola va plastifikator aralashmasining uchuvchan 
organik erituvchi hamda suyultirgichlardagi eritmasidir. Bu yerda lak tarkibidagi smola 
uning quruq qoldiq miqdorini, adgeziyasini va parda qatlam yaltiroqligini oshirish uchun 
xizmat qiladi. Plastifikatorlar parda qatlam mo’rtligini kamaytiradi. Uchuvchan qisimlar 


22 
kolloksilinni erituvchilardan (etilatsetat. butilatsetat) va eritma suyultiruvchilaridan 
(ksilol, benzol, toluol) tashkil topadi. 
Har-xil markali nitrolaklarning tarkibiy qisimlari keng chegarada o’zgarib turishi 
mumkin, masalan (massasiga nisbatan % hisoboda) : nitroselluloza 4…20; smolalar 
5…8; plastifikatorlar 1…12; erituvchilar 18…36; suyultirgichlar 72…24. 
Nitrolaklarning qurishi sof fizik jarayon bo’lib, bunda qattiq parda qatlam lak 
surkalgan yuzadan erituvchi va suyultiruvchilarni uchib, bug’lanib ketishi hisobiga sodir 
bo’ladi. 
Nitrolaklarning bir necha turli markalari mavjud bo’lib, ulardan quyidagilar ko’p 
ishlatiladi. (GOST 4976-83 ) 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin