Nitrosellyulozalarning kimyoviy xossalari Nitrosellyulozalarning
kimyoviy
xossalari ularni
tashkil
qilgan
makromolekulalrning kimyoviy tuzulishi bilan bog’liq. Makromolekulalarda turli holatga
o’tish qobilyatiga ega bo’lgan uchta tip reaksion markazlar mavjud: murakkab efirli
nitrogruppalar, erkin almashmagan gidroksil guruppalar, glikozid bog’lar. Kimyoviy
reaksiyalarda bir vaqtning o’zida uchala tip markazlar qatnashadi, ularning har-birining
reaksiya qobilyati elementar zvenolarning qurshoviga to’g’ri bog’langan va reaksiya
jarayonida o’zgaradi.
Glikozid bog’lari bo’yicha reaksiyalar har doim polimer zanjirlarining
destruksiyasiga olib keladi. Gidroksil guruppalar molekulyar bog’lar orasida asosiy rol
o’ynaydi. Ko’pgina hollarda nitroguruhlar kimyoviy o’zaro ta’sirini shartli ravishda
gidroliz reaksiyalariga gidroksil gruppalar angidrid yoki oksid formalar hosil qilib
qaytarilishi, shuningdek qutublangan efir bog’lariga nukleofil va elektrofil almashinish
reaksiyalariga ajratish mumkin.
Nitrosellyuloza sellyulozadan farqli ravishda kislatalar ta’siriga barqaror bo’lib,
ularning ta’siri kislota konsentratsiyasiga bog’liq. Masalan 20 % li sulfat kislota deyarli
polimerga ta’sir etmaydi. Konsentratsiya 20 % dan oshganida esa nitrosellyuloza
denitratsiyaga uchraydi. Massa ulushi 50 % bo’lgan nitrat kislota minusdan yuqori
haroratda nitrosellyulozani denitratlaydi va destruktsiyaga uchratadi, eritmani 70 - 80 %
gacha qizdirilganda nitroselluloza tezda parchalanadi. 100 % li fosfat kislatasi bilan 15 –
20
o
C da nitrosellyuloza reaksiyaga kirishmaydi.
Organik
kislatalar
masalan
sirka
kislatasi
hatto
kansentrlangani
(50-60 %) nitrosellyulozaga amalda ta’sir etmaydi, lekin sirka kislataning 80 % li
eritmasida qizdirilganda nitrosellyulozadan azot oksidlari ajralib chiqa boshlaydi.
Nitrosellyuloza oksidlovchilar tasiriga ancha chidamli, hatto kaliy permanganat kabi
kuchli oksidlovchilar tasirida ham o’z xossasini sezilarli o’zgartirmydi. Sellulozadan
farqli ravishda nitroselluloza ishqorlar tasirida tezda parchalanad.[10,58].