20
1-Rasm. Sanoatda kolloksilin ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.
Sellyuloza efirlari asosida olinadigan lak-bo’yoq materiallar
Pardozlovchi tarkiblar tayyorlashda parda hosil
qiluvchi modda sifatida
nitrosellyuloza juda ko’p ishlatiladi. Avval aytib o’tganimizdek u yog’och va
sellyulozasiga sulfat va nitrat kislotalar aralashmasi bilan
ishlov berilgan reaksiya
mahsulidir. Sellyulozaning nitratlari (efirlari) tarkibidagi azot miqdoriga
qarab kolloksilin
va piroksilinga bo’linishi haqida aytib o’tgan edik. Har xil gruntovkalar, loklar, emallar,
selluloid,
kinoplyonka, linoliumlar ishlab chiqarishda kolloksilin ishlatilatiladi.
Sellyulozani nitrollash darajasi va ishlov berish usullariga qarab kolloksilinning hossalari,
masalan, eritmalarining qovushqoqligi har-xil bo’lishi mumkin.
Odatda lakli kolloksilin
atsetondagi 2 % li eritmasining Engler viskozimetri bo’yicha aniqlanadigan qovushqoqlik
qiymatlariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.