14
ekish mavsumi boshlandi. 1994 - yildan boshlab O’zbekiston davlatining qarori
asosida ko’p joylarda o’sadigan daraxtlar qalamchalari va har - xil daraxtlar
ekish rivojlanib ketdi. Bu daraxtlardan 15 – 20 yildan keyin yog’och olinadi.
Shungacha bo’lgan davr ichida qog’oz ishlab chiqarish va yog’och
maxsulotlari ishlab chiqarish asosan Rossiya bilan bog’liq bo’lib turadi.
Hozirda olimlar tomonidan sun’iy tolalar, pul va qimmatli qog’ozlar ishlab
chiqarish uchun paxta chiqindilaridan foydalanmoqdalar.
O’zbekistonda plyonka ostida paxta ekish rivojlanishi sababli paxta urug’ini
tozalash, ya’ni paxta urug’i ustidagi tuklarini ajratib olishning bir necha
usullari ishlab chiqilgan. Paxta urug’ining tuksizlantirishning asosiy sababi,
plyonka tagida ekiladigan urug’ silliq bo’lib, har bir joyda bir xil miqdorda
bo’lishi shart. Paxta urug’ini tuksizlantirilganda tuksizlanadigan urug’
og’irligidan 10-15 % momiq ajraladi. Bu momiq tarkibida 75-90 % gacha
sellyuloza bo’lib, 10-25 % har – xil chiqindilar va asosan urug’ ustidan ajralib
chiqqan va momiqda yopishgan po’stloqlar va urug’ chiqindilar mavjud.
Momiqdan paxta sellyulozasi olish texnologiyasi O’zbekiston – Germaniya
hamkorligida ishlab chiqilgan. Xozirgi paytda Farg’ona shaxrining “ Furan
birikmalari “ zavodida paxta sellyulozasi ishlab chiqarilmoqda.
Bu sellyuloza qimmatli qog’ozlar ishlab chiqarish uchun Toshkent
fabrikalarida, atsetat tolalari olish uchun Farg’ona zavodlarida ishlatilmoqda.
O’zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta sellyulozasi Germaniyaga eksport
qilinmoqda.
Qog’oz ishlab chiqarish uchun sellyuloza maydalanadi. Mitsella olinadi va
yupqa shaklda maxsus setkali yuzada tekis joylashtiriladi. Valslar orasida
siqib quritishga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: