Bugun butun jahonda texnologiyalar yuksalish cho’qqisida


НЦ-0127 nitroselluloza gruntovkasi



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/34
tarix03.04.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#92878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Kitob 5602 uzsmart.uz

 
НЦ-0127 nitroselluloza gruntovkasi (fon grunti) poliefir shpatlovkasi bilan 
ishlov berilgan yog’och qirindili plitalarni qimmatbaho yog’ochga o’xshatib 
pardozlashda ishlatiladi. 
 
№ 238 kanifol-kazein gruntovka nitrolak bilan bo’yaladigan yuzalarni 
gruntovkalashda ishlatiladi. Ish qovushqoqligiga yetkazish uchun suv qo’shiladi. 
Gruntovka rangsiz va yong’oqqa, qizil daraxt yog’ochiga, dubga o’xshatib 
bo’yalgan bo’lishi mumkin. U tompon bilan surkalib, keyin xurushlanadi. 
 
ПЭ-0129 poliefir gruntovkasi juda tez qotadi. Bu gruntovka lak 
surkalishidan avval randalangan shpon bilan qoplangan mebelning detallarini 
gruntovkalashga mo’ljallangan. 
 
ГМ-11, ГМ-12 gruntovkalari yog’och qillarini ko’tarmaydi va quriganidan 
keyin silliqlashga hojat qolmaydi, nitrolak ostidan ishlatiladi. 
 
ГМ-22 gruntovka emulsiyasi mayda va yirik g’ovakli yog’ochlarga 
nitroselluloza laklar bilan laklashdan oldin surkaladi, rangsiz, shuningdek,
anilin bo’yoqlari bilan bo’yalgan bo’lishi mumkin. U yuzaga purkab yoki 
tampon bilan mexanizatsiyalashgan usulda surkalishi mumkin. U yog’och 
tekisturasini ko’rsatmaydi, quriganidan keyin silliqlashni talab qilmaydi, uni 
tayyorlash oson. 
 
HK nitrokarbomid gruntovka nitrosellyuloza laklari ostidan surkashga 
mo’ljallangan bo’lib yog’och va lak bilan yaxshi adgeziyalanadi, yog’ochni 
shishirmaydi, yog’och tekisturasini yaxshi bilintirib turadi. Bunday gruntovka 
ikki xil ko’rinishda: mayda g’ovakli daraxt yog’ochlari yuzalarini tayyorlash 
uchun va yog’och qipiq plitalariga nitrolaklar surkashdan oldin berish uchun 
tayyorlanadi. Uni quyib, purkab, valetslar yoki tampon bilan surkab 
gruntovkalash mumkin. Bunday grunt bilan gruntovka qilingan yuzalarni grunt 
quriganidan keyin silliqlash lozim.  

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin