7
-yengil bo‘lishligi;
-maksimal mustahkamlik va bikrlik;
-ishlash davrida maksimal ishlash resursi;
-nisbatan arzonligi;
-ishlatish jarayonida qulayligi;
-texnologik, mexanik va ekspluatatsion talablarga
javob berishi shular
jumlasidandir.
Metallmas materiallarning puxtaligi, yengilligi, issiqqa (300-400
0
C)
va kimyoviy
chidamliligi, yuqori izolyatsion xususiyatlari, ayniqsa, texnologik va ekspluatatsion
xossalarining yaxshiligi, maksimal cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi (110 MPa) va
zarbiy qovushqoqligi(809 kJ/N
2
), ishlash davrida maksimal ishlash
resursi ulardan keng
qamrovli qo’llanilishiga yo’l qo’yadi.
Polimerlar asosan, tabiiy va sun’iy bo’lib, tabiiy polimerlarga sellyuloza, slyuda,
asbest, grafit, paxta va boshqalar, sun’iylariga
polietilen, viskoza, sintetik kauchuk va
boshqalar kiradi. Biz tadqiq qilayotgan mavzu ham aynan tabiiy polimer
bo’lgan sellyuloza asosidagi kompozitsion gruntovka
ham sellyulozaning
murakkab efirlaridan tayyorlanadi. Aynan sellyulozaning bir qator murakkab
efirlari haqida mavzuimizning keyingi qismlarida ko’proq to’xtalamiz.
Ma’lumki, polimerlarning zichligi kamligi,
namga va suvga bardoshliligi, gaz
o’tkazuvchanligi kabi xossalari yaxshi. Issiqbardoshliligi va issiqlik o’tkazuvchanligi
metallarga nisbatan past. Issiqlik o‘tkazishi kichik bo‘lganligi sababli bunday materiallar
issiq izolyatsiya materiali sifatida ishlatilishiga imkon yaratadi. Polimerlarning har xil
nurlarga qarshilik ko‘rsatish, oksidlanish, atmosfera havosiga
chidamlik xossalarining
mavjudligi, ularni himoya vositasi sifatida ham ishlatilishga imkon yaratadi.
Kompozitsion materiallar o’z ichiga olgan materiallar xossasini qaytaribgina qolmay,
hech qaysi tashkil etuvchiga to‘g‘ri kelmaydigan xususiyatlarga ega. Kompozitson
materiallarni ishlab chiqarishni birdaniga ko‘payib ketganligining sababi ham shunda.
Dostları ilə paylaş: