Bugun butun jahonda texnologiyalar yuksalish cho’qqisida



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/34
tarix03.04.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#92878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Kitob 5602 uzsmart.uz

1.3.Gruntovkalar 
Gruntovkalar, odatda suyuqlik bo’lib, pardozlanadigan yuzalarning 
g’ovaklarini kamaytirish, adgeziyasini kuchaytirish va karroziyaga chidamliligini



oshirish uchun ishlatiladi. Gruntovkalar ishlatishga tayyor holatda ham, ish
joyining o’zida, obyekt qoshidagi koler ustaxonalarida yoki sexida ham
tayyorlanadi. Gruntovkalar to’g’risida keyin yana atroflicha to’xtalamiz. 
Gruntovkalarning kimyoviy tarkibi va texnik xususiyatlari. 
Gruntovkalar metall yuzalarni zanglash (karoziya) dan, yog’och yuzalarga 
qo’llanganda esa chirishdan saqlab, ularga chiroyli ko’rinish beradigan lak-
bo’yoq mahsulotlaridan biridir. 
Ular pardozlash qoplamasining pastki qatlamini hosil qiladigan tarkiblar 
bo’lib, muhim ahamiyat kasb etadi. Gruntovkalarni yuzalarga surkash
jarayonini gruntovkalash deyiladi. Va bu jarayon lak-bo’yoq sarfi kamayishini 
ta’minlaydi. 
Gruntovkalarning asosiy vazifalari quyidagilar
1. Yuzalarni karoziyalardan saqlash. 
2. Bo’yalishi lozim bo’lgan yuzalarni teshikchalarini to’ldirish, tekislash. 
3. Asos va keyin surkaladigan lak-bo’yoq qoplamalar orasida yuqori adgeziyani 
ta’minlash . 
Gruntovkalar yuzalarga odatdagi usullarda (purkash, sepish, tanpon va cho’tka 
bilan) surkaladi. 
 
Gruntovkalarga qo’yiladigan talablar 
1. Oson surkalishi kerak. 
2. Tezda qurishi kerak. 
3. Ularning ustiga suyuqliklar surtilganda ularda erib ketmasligi kerak. 
4. Yuzalarga yaxshi yopishishi (adgeziya). 
5. Harorat o’zgarishlariga chidamli bo’lishi kerak. 
 
Gruntovkalarning tarkibi 
Gruntovkalar tarkibida parda hosil qiluvchi (bog’lovchi) moddalar, 
erituvchilar, to’ldiruvchilar, plastifikatorlar, smola eritmalri, pigmentlar tarkibiy 
qismlar bo’ladi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin