6
1. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Sellyuloza xaqidа umumiy ma’lumotlar
Sellyuloza (frans. cellulose, lot. cellula — hujayra) - angidro- B
glyukozalarning elementar zvenolaridan tuzilgan polisaxarid: (S6N5O5)l; poli-1,4
p-D-glyukopiranozil- D-glyukopironozadan iborat. Sellyuloza makromolekulalarida
angidroglyukoza zvenolari bilan bir qatorda boshqa monosaxarid (geksozalar
va pentozalar) hamda uron kislota boʻlishi mumkin. Sellyuloza, asosan,
baʼzi oʻsimlik urugʻlari tukida, mas, chigit tukida (97—98%), yoyuchda (40—
50%, quruq modda hisobida), kanop poya tolasi, oʻsimlik qobigʻining ichki
qatlami (mas, zigʻir, ramida 80—90%, jutda 75% va h.k.), bir yillik oʻsimlik
poyalari (qamish, makkajoʻxori, boshoqli oʻsimlik, kungaboqar)da 30—40%
boʻladi. Toza holdagi sellyuloza taʼmsiz, tolasimon oq modda. Sellyuloza
asosan paxta tarkibida 98-99%, yog’och tarkibida 40-50%, somon tarkibida
30-40%, g’o’za poya tarkibida 35-40% bor. Dunyoda eng ko’p selluloza
oladigan homashyo bu yog’ochdir. Tayyor maxsulot sellyuloza eng sifatli
holatda sun’iy tolalar (viskoza, mis, ammiak usuli bilan olingan tola, atsetat
tolalari) olishda ishlatiladi. Bu parda selofan deyiladi. Bundan keyin esa
ko’p miqdorda qog’oz sanoatida, karton sanoatida ishlatiladi. Bu sanoatlarda
sellyulozani ishlatish uchun ularni yog’ochdan va boshqa sellyuloza bo’lgan
homashyodan ajratib olish kerak. [5-7]
Dostları ilə paylaş: