Bugun butun jahonda texnologiyalar yuksalish cho’qqisida



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/34
tarix03.04.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#92878
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Kitob 5602 uzsmart.uz

 
 Hozirda Respublikamiz kimyo sanoatini rivojlantirish hamda uning tarmoqlarida 
mavjud bo’lgan texnologiyalarni yangisiga almashtirish va ular asosida ishlab-chiqarishni 
yangicha texnologiyalar negizida boshqarish borasida bir qancha ishlar amalga 
oshirilmoqda. Birgina tsellyuloza va tsellyulozaning efirlarini ishlab chiqarish sanoati 
bo’yicha Respublikamizda bir qancha korxonalar o’z faoliyatini olib bormoqda, ular 
Namangan kimyo zavodi (Karbonam), “O’zbek qog’ozi” aktsionerlik jamiyati, Angren 
“Qalin qog’oz” ishlab chiqarish zavodi, “Namangan qog’oz ishlab chiqarish” qo’shma 
korxonasi, Farg’ona “Sellyuloza ishlab chiqarish” (Farg’ona “Furan birikmalar”) 
korxonalari shular jumlasidandir. 
Ma’lumki, yurtimizda sellyuloza va uning efirlariga bo’lgan ehtiyoj nihoyatda katta. 
Bu taxchillikni bartaraf etish maqsadida Respublikamizda sellyuloza va uning efirlarini 
ishlab-chiqarish texnologiyasini yaratish, ishlab-chiqarish tizimini avvalgidan bir necha 
barobar jadallashtirish zaruriyati tug’ildi. 
Sellyuloza tabiatda eng ko’p tarqalgan tabiiy polimerdir. U barcha o’simliklar 
xujayralarining asosiy qismini tashkil qiladi. Daraxt va o’simliklarning 40-60% 
sellyulozadan iborat. Paxta, jun va kanop tolalari esa asosan sellyulozadir. Ularning 


37 
tarkibida sellyulozadan tashqari 7-10% boshqa moddalar mavjud. Sanoatda tsellyuloza 
asosan daraxtning bir qancha turlaridan olinadi va yog’och sellyulozasi deb ataladi.
Sellyuloza qadimdan ma’lum bo’lgan tabiiy polisaxarid bo’lib u asosida juda 
ko’plab oddiy va murakkab moddalar olinadi. Sanoatda sellyulozani turli xil turlaridan 
foydalaniladi. Yeng toza sellyuloza paxta tolasida bo`ladi bunda 85 – 95 % gacha toza 
sellyuloza bo’ladi.
U sinflanish jihatidan poliatsetallar guruhiga kiradi. Organik kimyo nuqtai nazaridan 
esa tsellyuloza ko’p atomli spirt. Uning gidroksil guruhlari oddiy quyi molekulyar 
spirtlarga hos barcha kimyoviy reaktsiyalarga kirishadi. Sellyuloza makromolekulasining 
tuzilish formulasini quyidagicha ifodalash qabul qilingan [1-5]:
(sellobioza 
qoldigi)
O
2
H
OH
OH
H
H
O
H
O
CH
2
OH
4
6
1
O
H
CH
2
OH
H
H
OH
H
H
OH
O
O
H
H
OH
H
H
OH
H
CH
2
OH
O
O
H
CH
2
OH
H
H
OH
H
H
OH
O...
....--
Bu formuladan ko’rinib turibdiki, Sellyuloza makromolekulalari o’zaro 1,4-
glyukozid boglar bilan birikkan bo’lib, v-D- angidroglyukopiranoza qoldiqlaridan iborat. 
Sellyulozaning har bir elementar halqasida, yani angidroglyukopironaza qoldigida 3 
gidroksil guruh bor. Ularning oltinchi uglerod atomidagi gidroksil guruh birlamchi, 
ikkinchi hamda uchinchi uglerod atomlaridagi esa ikkilamchi gidroksil guruhlardir. Ular 
qaysi molekulyar spirtlar kabi ishqorlar tasiridan-alkagolyatlar, kislotalar tasiridan 
murakkab efirlar, oksidlovchilar ta’siridan aldegid va karboksil guruhlar hosil qiladi. 
Amaliyotda bu reaksiyalar asosida sellyulozaning turli hil yangi hosilalari olinib, ular 
halq ho’jaligining ko’p tarmoqlarida sun’iy tola, lak, portlovchi modda, ion almashgich 
materiallar va plastmassalar sifatida ishlatiladi. 
Organik kimyo nuqtai nazaridan qaralganda sellyuloza tabiatda tarqalishi jihatidan 
oldingi o’rinlardan birini egallaydi. SHuning uchun uning hosil bo’lishi va qator fizik-
kimyoviy hossalarini o’rganish bazi organik moddalarning hossalarini o’rganishdan ilgari 
boshlangan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. CHunki yuqori molekulali moddalar 
kimyosi va fizik-kimyoning qator qonuniyatlari sellyulozaning hususiyatlarini o’rganish


38 
asosida kashf etilgan. Bu kashfiyotlar keyinchalik sintetik polimerlarning hossalarini har 
tomonlama chuqur o’rganishga tadbiq qilingan. 
Sellyulozaning hossalarini o’rganishda uning strukturasini har tomonlama 
mukammal o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. Sellyulozaning strukturasi asosida 
yangidan – yangi birikmalar sintez qilish va ularni sanoatda qo’llanish imkoniyati 
yaratilmoqda. 
Kuzatishlar natijasida sellyulozaning elementar zvenosi angidro β –D- glyukozadan 
iboratligi aniqlangan. Uning kimyoviy tuzilishi quyidagilarga asoslanadi: 
1. Sellyulozaning to’liq gidrolizlanishi natijasida 96— 98% gacha β-d-glyukoza 
hosil bo’ladi. 
2. Sellyulozaning har bir elementar zvenosida 3 ta gidroksil guruh bo’lib, ulardan 
bittasi birlamchi va ikkitasi ikkilamchidir. 
3. Birlamchi gidroksil guruh elementar zvenoning 6- uglerod atomida, ikkilamchi 
gidroksil guruhlar esa 2- va 3-uglerod atomlarida joylashgan. 
4. Sellyuloza elementar zvenosi yopiq tsikl ko’rinishiga ega bo’lib, molekulasining 
tuzilishi huddi piran halqasi tuzilishida bo’ladi. 
5. Sellyulozaning elementar zvenolari o’zaro biri ikkinchisi bilan 1—4 uglerod 
atomlari orqali mahsus bog’ hosil qilib birikkan bo’ladi. Bu bog’ glyukozid bog’ deb 
yuritiladi. Bu bog’ kimyoviy bog’larning boshqa turlari bilan birgalikda tsellyuloza 
makromolekulasining kimyoviy tuzilishini hosil qiladi. TSellyuloza molekulasining 
ohirgi guruhi bir tomonidan molekuladagi 4-uglerod atomining ikkilamchi uglerod 
atomi bilan bog’lansa, ikkinchi tomonidan glyukozid gidroksili bilan bog’langan badi. Bu 
esa sellyuloza makromolekulasining glyukozid va gidroksil guruhlari bilan turli kimyoviy 
reaksiyalarga 
kirishishiga 
yordam 
beradi. 
Bulardan 
tashqari, 
sellyuloza 
makromolekulasida karbonil guruhlar ham mavjud bulib, ular hisobiga turli reaksiyalarni 
olib borish mumkin. 
Sellyuloza elementar zvenosida uchta gidroksil guruh mavjud bo’lgan uch
atomli spirt deyish mumkun. 
Sellyulozaning hama oddiy va murakkab efirlari ham quyi molekulali spirtlarning 
efirlariga o’xshash sellyulozaga turli mineral hamda organik kislotalarning, ularning 
angidridlari va xlorangidridlarini taьsir ettirish natijasida hosil qilinadi. Lekin sellyuloza 
efirlarini hosil qilishda sellyuloza molekulasidagi spirt guruhlarni efirlanish 


39 
reaksiyalariga uchratib, quyi molekulyar spirtlar efirlarini olishdagi efirlanish 
reaksiyalariga nisbatan kuchli tasir etuvchi efirlovchi agentlar ishtirokida olib boriladi. 
Sellyuloza murakkab efirlarining sellyulozadan farqi ular turli organik erituvchilarda 
eriydi, yukori haroratlarda yumshaydi. Bu hususiyatlardan foydalanib, sanoatda ulardan 
tola, lak, pardasimon mahsulotlar va turli plastmassalar hosil qilinadi. Sellyulozaning 
sanoatda eng kup olinadigan murakkab efirlariga nitroefirlari, sul’fo efirlari, fosforli 
efirlari, formiatlar, atsetatlari va sellyulozaning limon, vino va boshka uch asosli 
kislotalar, tuyinmagan alifatik va aromatik kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari 
hosdir. 
Sellyulozaning 
oddiy 
efirlaridan 
uning 
metil, 
etil, 
benzil, 
fenil 
va 
karboksimetilsellyuloza efirlari juda harakterli hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda 
sellyulozaning etilen, propilen oksidlari va etilamin bilan hosil qilgan efirlari olinmoqda. 
Ulardan tashqari sellyulozaning glitserin, salitsil spirt va vinil monomerlari bilan hosil 
qilgan oddiy efirlari hosil qilingan. Umuman, sellyulozaning efirlari uning funktsional 
guruhlari hisobiga reaksiya olib borish natijasida hosil qilinmoqda. Bu mahsulotlar sanoat 
ahamiyatiga ega. 
Sellyuloza makromolekulasida olib boriladigan kimyoviy reaksiyalar 6- uglerod 
atomidagi birlamchi gidroksil, 2 va 3- uglerod atomidagi ikkilamchi gidroksil guruhlar 
hisobiga olib boriladi. Shuning uchun sellyuloza makromolekulasida olib boriladigan 
kimyoviy reaksiyalar bu gidroksil guruhlarning qaysi biri hisobiga borishiga 
kiritilayotgan funktsianal guruhning tabiatiga va molekulada uning qaysi holatda 
joylanishiga hamda olib borilayotgan kimyoviy reaksiyaning muhitiga qarab hosil 
qilinayotgan mahsulotlar turlicha hossaga ega bo’lishi mumkin. Uning sababi sellyuloza 
makromolekulasidagi qator o’zgarishlarning sababini kimyoviy va fizik-kimyoviy 
tekshirishlar asosida o’rganish bilan aniqlanmoqda. Kimyoviy reaksiyalarda sellyuloza 
makromolekulasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar. 
Barcha yukori molekulali birikmalar qatori sellyuloza makromolekulasi bilan ham 
gidridlash, hlorlash, sul’folash, nitrolash, atsetillash, alkillash, monomer va radikallarni 
payvandlash sellyulozaning blok sopolimerlarini hosil qilish reaksiyalari o’tkazish 
mumkin. 
Sellyuloza makromolekulasining hossalarini o’zgartirishda ularga hos modifikatsiya 
usuli mavjud. Bu usul sintetik polimerlarda qo’llanadigan fizik–kimyoviy usullardan farq 


40 
kilgani uchun boshqa sintetik polimerlarning tuzilishi va hossalarini o’zgartirish uchun 
kam qo’llanadi. Ba`zan polimerlarga plastifikator, tuldiruvchilar qo’shiladi (bu usul 
kauchuksimon polimer moddalar uchun harakterlidir). Polimerlarning turli kimyoviy 
reaksiyalarga munosabatini o’rganib, ularning tuzilishini va muhim tehnologik 
ko’rsatkichlarini harakterlash mumkin masalan, sellyuloza bilan nitrolash, metillash, 
etillash, benzillash va nihoyat karboksimetillash reaksiyalari olib borilib, hosil qilingan 
sellyuloza mahsulotlarining hossasi sellyuloza molekulasiga kiritilayotgan tegishli 
funktsional guruhlarning hossasiga, reaksiya olib borish sharoitiga qarab har hil bo`ladi. 
Olingan ma`lumotlardan mahsulotlarning qanday maqsadlarda qo’llanilishini oldindan 
aytish mumkin.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin