36
yarimmahsulotning oqlik darajasi yuqoriroq bo‘ladi. Olingan neytral-sulfid
sellyulozaning umumiy miqdori 75 %dan yuqori bo‘lsa,
uni bu yarimmahsulot
gofrilangan qog‘ozga asos qilib ishlatiladi.
Neytral-sulfid sellyulozani sholi, bug‘doy va g‘oza poya,
kanop hamda boshqa bir
yillik o‘simlik poyasidan olish mumkin.
Yog'ochdan sellyulozani ajratib olishda, asosan, quyidagi
pishirish usullaridan
foydalaniladi: sulfitli, bisulfitli, sulfatli, natron va neytral.
Sellyuloza olishning an'anaviy usullari
Sulfidli usulda sellyuloza olish. Sulfitli sellyuloza yog'och payraxasi yoki mayda
yormani kalsiy, magniy, arnmoniy, natriy eritmasi yoki
ularning sulfat kislota
aralashmasi bilan yuqori temperaturada pishirib olinadi. Pishirilgan tolali massa suyuq
qismidan ajratiladi. So'ngra
yuviladi, pishmaganlari saralanadi yoki kimyoviy qayta
ishlanadi, ya'ni oqartirib, sifatini yaxshilash uchun qo'shimcha ishlov beriladi. Ishlatilgan
kimyoviy moddalar regenerasiyalanib, qayta olinadi.
Dostları ilə paylaş: