42
Dastlab etilatsetat va ekstrobenzin aralashtirildi. Bunda
bir jinsli ralashma
hosil bo’lib, hech qanday rang o’zgarishi sodir bo’lmadi.
Hosil bo’lgan aralashmaga texnik etanolni qo’shilganda eritma och sarg’ish rangga
tezlik bilan o’tdi. Hosil bo’lgan eritma tiniq bo’lmagan, xira loyqa ko’rinishiga ega.
Eritmada etilatsetat hidi ko’proq. Ularning umumiy og’irligi 23,143 gm.
Kollaksilinning tayyorlangan erituvchida erish jarayonini o’rganish
Tayyorlangan ko’p komponentli erituvchini 3 qisamga bo’lib, uning 3/2
qismida (15,43 gm) tortib olingan kolloksilinni eritib olindi. Kolloksilinni 3 qisimga
bo’lgan holda dastlab bir qismini eritildi. Bunda dastlab
kolloksilin erituvchi
aralashmada bo’kib, so’ngra eriy boshladi. Bunga 2 daqiqa vaqt sarflandi. Keyin hosil
bo’lgan aralashmaga kolloksilinning 2- qismi solib 5 daqiqa davimida aralashtirilganda
bir jinsli aralashma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan aralashmaning qovushqoqligi va rangi
huddi asalni eslatadi. Keying jarayonda kolloksilinning 3- qismi aralashmaga qo’shilib,
6 daqiqa davomida aralashtirilganda qoqvushqoqligi
asaldan ham quyuqroq massa
hosil bo’ldi. Eritish jarayonlari muttasil aralashtirish bilan olib borildi va bunda nikel
qoshiqchadan foydalanildi. Shu bilan kolloksilinning eritish jarayoni tugallandi.
Kanifolning glitsirinli efiri (Gapius) ning tayyorlangan erituvchida erishi
Kanifolning glitsirinli efiri (Garpius) ni eritish uchun uni 2-3
mm kattalikda
maydalab olindi. Avval tayyorlab olingan ko’p komponentli erituvchilar
aralashmasining ortib qolgan 3/1 qismida (7,72 gm ) kanifolning glitsirinli efiri eritildi.
Bu jarayon shisha tayoqcha yordamida uzluksiz aralashtirish orqali olib borildi. Bu
jarayonda bir jinsli aralashma hosil bo’lishi uchun 5 daqiqa vaqt sarflandi.
Eritish
tugagandan so’ng aralashma qovushqoqligi dastlabki erituvchi aralashma
qovuhqoqligidan ancha yuqori bo’ldi, rangi ham to’q sariq rangli.
Navbatdagi
jarayonda tayyorlagan kolloksilin va kanifolning glitsirinli efiri eiritmalarini o’zaro
aralshtirildi. Bunda 3-4 daqiqa aralashtirilgach, qovushqoqligi juda yuqori bo’lgan
kolloksilin eritmasi sal suyulib yana asal shakliga keldi.
Dostları ilə paylaş: