43
1. Bunda avval aralashmaga tortib olingan bor (15 gm) qo’shib aralashtirildi.
Buning uchun tortib olingan bor 2 qisimga ajratilib avval bir qismini (7,5 gm)
qo’shib 2 daqiqa davomida aralashtirildi. So’ngra 2- qismi (7,5 gm) qo’shoilib 3
daqiqa davomida aralashtirildi. Bunda aralashma borgan sari quyulib,
aralashtirish qiyin bo’lib bordi.
2. Navbatdagi jarayon talk qo’shish bilan olib borildi.
Bunda avval tortib olingan
talk (10.5 gm) odatdagidek 3 qisimga bo’lib olinib, aralashmaga bosqichma
bosqich bir qisimdan qo’shib borildi. Har-bir bosqichda
aralashtirish jarayoni
uchun 1,5 daqiqadan vaqt sarflandi. Navbatdagi jarayonda kaolin (10.5 gm)
qo’shib aralashtirildi.
3. Keyingi jarayonda aralashmaga plastifikatorlar dibutilftolat va kanakunjut moyi
qo’shib yaxshilab aralashtirildi. Va bunda yopishqoq o’ta quyuq massa olindi.
Bu jarayonda aralashtirish uchun 5 daqiqa vaqt sarflandi.
4. ZnO (rux oksidi) qo’shish jarayoni. Bu jarayon avval tortib olingan ZnO ni (15
gm) odatdagidek 3 qisimga bo’lib olinib, aralashmaga bosqichma bosqich bir
qisimdan qo’shib borildi. Har-bir bosqichda aralashtirish jarayoni uchun 3
daqiqadan vaqt sarflandi. Bunda hosil bo’lgan kompozitsiyaning rangi oq.
5. Navbatdagi jarayon oxirgi bosqich bo’lib, bu bosqich hosil bo’lgan aralashmaga
pigment (qurum) qo’shishdan iborat. Bunda
pigmentni tayyorlangan
aralashmaga aralashtirish uchun avval tortib olingan qurum aralashmaning
ozgina qismida
yaxshilab aralashtirilib, keyin uni butun aralashmaga
aralshtirildi. Va bunda aralashmaning rangi och kulrang rangga kirdi.
Keyin hosil bo’lgan aralashmaning qovushqoqligi juda yuqori bo’lganligi
uchun unga dastlab tayyorlab olingan erituvchi aralashmadan 5 gm qo’shib
aralashtirildi. Bunda aralashma suyulib , uning qovushqoqligi asal qovushqoqligiga
yaqin holga keldi. Tayyorlangan gruntovka sinov maqsadida
metall yuzalarga surkash
uchun tayyor holga keltirildi. Buning uchun tayyorlangan gruntovka ish
qovushqoqliogiga kelguncha avval tayyorlab olingan ko’p komponentli erituvchilar
aralashmasida suyultirib olindi.
Bu jarayonlarda zang bosgan asboblar va kir idishlardan foydalanish ta’qiq-
lanadi. Ishni bajarish jarayonida qo’lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi.
44
Aralashmaning ko’zga va teriga tushishidan asrang. Bolalardan saqlang.
Dostları ilə paylaş: