Bugun butun jahonda texnologiyalar yuksalish cho’qqisida


Ko’p komponentli erituvchilar komponentlarining hususiyatlarini o’rganish



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/34
tarix03.04.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#92878
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Kitob 5602 uzsmart.uz

 
Ko’p komponentli erituvchilar komponentlarining hususiyatlarini o’rganish 
 
Organik erituvchilar yengil, o’rtacha va qiyin uchuvchan bo’ladi. Yengil uchadigan 
erituvchilarning qaynash harorati 60…80

C ,o’rtacha uchadiganniki 80…110
o
C , qiyin 
uchadiganniki esa 110
o
C dan ortiq bo’ladi. Pardozlash muddatini qisqartirish uchun lak- 
bo’yoq tarkibidagi erituvchi miqdori tez bug’lanib ketsa xam yaxshi emas, bunda parda 
qatlamda oq dog’lar (nuqtalar) paydo bo’ladi. Shu sababli tez bug’lanadigan 
erituvchilarga sekin bug’lanadigan erituvchilar qo’shib aralashtiriladi. Ko’p komponentli 
erituvchi ishlatishdan asosiy maqsad shu, bundan tashqari erituvchilar aralshmadagi 
ikkinchi darajali erituvchilar eritish jarayonida yordamchi erituvchi bo’lib xizmat qiladi. 
Bizda asosiy erituvchi etilatsetat bo’lib, ekstrabenzin va texnik etanol yordamchi 
erituvchilardir. 
Tayyorlangan erituvchilar aralashmasidan ko’proq etilatsetat hidi kelishining boisi 
shundaki, erituvchilar aralashmasida uning miqdorining ko’pligidandir. Erituvchilar 
aralashmasi 70% etilatsetat, 23% ekstrobenzin va 7% etanoldan iborat.
Guruntovka komponentlarining erish jarayonlarini o’rganish 
Tayyorlangan erituvchi aralashmada dastlab kolloksilin va kanifolning glitserinli 
efiri (garpiusni) eritishimmizdan maqsad shuki bu moddalar tayyorlanadigan 
mahsulotimmizda asosiy vazifa (parda hosil qilish) ni bajargani sababli u aralashmaning 
butun hajmi bo’ylab bir hil tarqalishi kerak. Buning uchun esa ular yaxshi erishi kerak. 
Dastlab eirituvchi aralashmada hech narsa eritilmagani uchun uning eritish qobilyati juda 
yaxshi bo’ladi. Kolloksilin va kanifolning glitserinli efiri erituvchi aralashmada juda 
yaxshi eriydi. Hatto kanifolning glitserinli efiri maydalanish darajasi uncha kichik 
bo’lmasa ham (2-3 mm) osonlik bilan eridi. Kanifolning glitserinli efiri mahsulotda 
yordamchi parda hosil qiluvchi vazifasini bajarish bilan birgalikda mahsulotni yuzalarga 
surkalganda uning qotishini taminlashga yordam beradi. Asosiy parda hosil qiluvchi esa 
kolloksilin hisoblanadi. 
Eritishning dastlabki bosqichida eirtuvchi aralashmani 3 ga bo’lgan holda, uning 
ko’p qismida (3/2) kolloksilinning eritishimmizning boisi uning miqdorining ko’pligidir. 
Erituvchining 3/1 qismida esa kanifolning glitserinli efiri eritiladi. 


45 
Eritilishi kerak bo’lgan tarkibiy qisimlarni 2-3 ga bo’lib bosqichma bosqich oz-ozdan 
eritilishining sababi, moddalarni yaxshi erishini taminlash va aralashtirishni 
osonlashtirishdan iborat. 
Aralshmaga to’ldiruvchilar qo’shish jarayoni quydagi ketmaketlikda olib borildi. 
Dastlab bor keyin talk, keyin dibutilftolat, keyin kanakunjut, ZnO va ohirida pigment 
qo’shildi. 
Aralashmaga plastifikator qo’shish jarayonida uning miqdorini meyoridaligiga 
etibor berish kerak. Lak-bo’yoq materiallar tarkibiga plastifikatorlar qo’shilganda, ular 
asosida olinadigan parda qatlamlarning elastikligi va past temperatura tasiriga 
chidamliligi ortadi, lekin qattiqligi va cho’zuvchi kuchga bo’lgan mustaxkamligi 
kamayadi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin