Alomatlarni bilib olish dasturlari — bu, alomatlar kodlaridagi harflar va
raqamlarning grafik tasvirlarini tarjima qilish uchun mo‘ljallangan. U skaner bilan
birgalikda ishlatiladi.
Moliyaviy dasturlar guruhi har xil paketlar bilan taqdim etilgan: yozuv
daftarchasi va moliyaviy operatsiyalar yozuvi (pul mablag‘larining balansi,
zayomlar va kreditlar bo‘yicha foizli to‘lovlarni aniqlash, pul kiritmalarining
vaqtincha tuzilmalari va h. k.) ko‘rinishidagi ishga doir yozuvlarni olib boorish
uchun.
Tahliliy tadqiqotlar uchun o‘zini yaxshi tavsiya etgan Stat Graphics,
Systat va “Статистик-Консультант” statistika paketlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |