Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan
qo`yidagilarga bo`linadi.
1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi.
- Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan
xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida).
-Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga.
- Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa
tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga.
- Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga.
- Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga
taqsimlanishi.
2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u
moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va
ishlatilishini nazorat qiladi.
Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish
,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va
markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq
foydalanishni taminlashdan iborat.
Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik ,jamoa va mustaqil nazoratlarga
bo`linadi.
Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq ,kredit muassalari davlat
qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda
pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi.
Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari
(hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi
va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi.
Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va
boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi.
Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha
xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini
yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal
qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi.
Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va
yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi.
Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet
tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish , ko`rib chiqish
va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Joriy
moliyaviy
nazorat
rejalarni
bajarilishi
,xo`jalik
moliyaviy
operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni
amalga oshirilishini to`g`riligi, o`z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik
asosida olib boriladi.
Yakuniy
moliyaviy
nazorat
amalga
oshirilgan
moliyaviy
operatsiyalarning to`g`riligi ,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish,
tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi.
Shuning bilan birga ayrim mualliflar (A. O`lmasov,A Vaxobov, «Iqtisodiyot
nazariyasi»
Toshkent,
2006,
379-380
betlar
)
moliyaning
funksiyalariga
rag`batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham
kiritishadi. Bizning fondimizcha rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari
moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa
korxona ,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib
ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.
|