Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat
budjetini
tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga
oladi:
Davlat budjeti loyixasini tayyorlash
Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar
Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish.
Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish.
Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Vazir raxbarlik qiladi va u
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis
tasdigidan o`tadi. Moliya Vazirining o`rinbosarlari vazirning tavsiyasi asosida
Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi.