MMT-95-2k guruh talabasi
Bajardi: Madaminov Dostonbek
Toshkent Moliya
Instituti Byudjet hisobi
va g’aznachilik
fakulteti
Mavzu:
MOLIYA TIZIMI VA
MOLIYAVIY SIYOSAT
MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
Reja:
1.
Moliyaning mohiyati va funksiyalari.
2.
Moliya tizimi.
3.
Moliya tizimini boshqarish.
4.
Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati.
5.
Moliya siyosati
Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish
ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash
va
boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi.
Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini
bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va
harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan.
Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va
qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini
tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi.
Shuni
takidlash
lozimki
,
hamma
pul
munosabatlari
ham
moliyaviy
munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi
(xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga
keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi
tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.
Moliyaviy
munosabatlar-bu
iqtisodiyot
subyektlarning
moliya
resurslari
xususidagi o`zaro aloqalari.
Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo
bo`lgan va u bilan
birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning
mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o`z vazifasidan kelib chiqib atrof
muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul
bilan ta`minlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish,
kengaytirilgan
takror
ishlab
chiqarish
sharoitlarini
ta`minlash
maqsadida.markazlashgan pul jamg`armalarini tashkil etish orqali amalga
oshiriladi.
Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yig`indisi
bo`lib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlash yo`li bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni
pul daromadlari va markazlashgan jamg`armalarini tashkil etish asosida
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va
madaniy extiyojlarini qondirishni ta`minlashdir.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib
moliyaning obyekti
bo`lib
korxona,
birlashma va Xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg`armalari va moliyaviy
rusurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog`lik bo`lgan iqtisodiy
munosabatlar hisoblanadi.
Moliyaning subyekti - bu moliya munosabatlarini ishtirokchilari, firmalar,
davlat va nodavlat idoralaridan iborat yuridik va jismoniy shaxslar.
Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash
yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat.
Moliyaning turli darajalari:
- Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini
boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi
ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy
axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya
va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi.
Korxona
qanchalik
yaxshi
ishlab
foydali
faoliyat
ko`rsatsa,uni
moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni
to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga,
xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va
boshqalarga imkoniyat yaratiladi.
- Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat
qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat
budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi.
- Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul
munosabatlarini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |