Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix04.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#93032
1   2   3   4   5   6   7
Moliya TFI prezentatsiya

Moliya tizimi
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish,
taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki
ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki
maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular
moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari
,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy
resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va
xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi.
Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv
organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va
ishlatiladi.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis
tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini,
ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash
moliyalashtiriladi.



Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan
ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining
asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga
nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri
Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan
foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan.
Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga
kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida
» gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13
dekabrdagi
606-sonli
«Ish
bilan
ta`minlashga
kumaklashish
Respublika
jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma
mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi:
- Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar
xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007
yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan.
- Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning
ixtiyoriy badallari.
- Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar.
- Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan
daromad va boshqalar


Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi
maqsadlarga foydalaniladi.
-Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga
- Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga
yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga.
- Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash.
-Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan
foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish.
- Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga
oshirish.
- Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar
yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar.
Maqsadli
jamg`armalar
tarkibida
yetakchi
o`rinlardan
birini
O`zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu
jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga
muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli
«O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani
tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini
loyixalash,qo`rish,to`zatish
va
saqlashni
mablag`
bilan
ta`minlash,
shuningdek
Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir.
Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar
hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan:



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin