Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligining ikki sohasidagi chegara



Yüklə 299,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix05.04.2023
ölçüsü299,27 Kb.
#93377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
123882 (3)

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligining ikki sohasidagi chegara 
yo’qoladi, yangi turli-tumanli mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada, turli 
mulk shakllari ko’rinishida bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari 
shakllanadi:
• Iqtisodiy mustaqil mulk egasi, ya’ni iste’molchi bo’lgan ayrim 
kishilar yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, er 
egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. 
Ular tadbirkorlik qilmay, o’z mulkidan daromad topadi yoki 
yollanib ishlaydi. 
• Firma, korxona, xo’jaliklar va ularda band bo’lgan tadbirkorlar. 
Ular foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish 
omillarini ishga soladilar. 
Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab 
chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda 
qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar. 
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi 
kuchi, er, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. 
Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib tovar ishlab 
chiqaradilar va xizmatlar ko’rsatadilar. 
Birlashgan Millatlar tashkilotining 1993 yilda qabul qilingan MSTining 
3-taxririda Milliy iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan: 
1. Ichki iqtisodiyot
2. Qolgan dunyo (tashqi dunyo)
 Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan: 


1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari
(nomoliyaviy korxonalar); 
2. Moliya tashkilotlari ; 
3. Davlat tashkilotlari; 
4. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar; 
5. Uy xo’jaligi;
Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi - qolgan dunyo yoki tashqi dunyo 
sektoridir. Unga tashqi iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet 
davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar (rezidentlari) o’rtasidagi 
muomalalarni hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko’rsatishda ishlab 
chiqarish va iste’mol o’rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida 
MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining xalqaro standarti 
(TTXS)ga binoan quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: bo’limlar (jami 17 ta 
bo’lim); bo’limchalar (jami 20 ta blok); tarmog’lar turkumlari (jami 169 ta 
faoliyat turi); tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf).
Bunday guruhlash tarmoqlar bo’yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish va ulardan foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo’l 
keladi.

Yüklə 299,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin