Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi)



Yüklə 299,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix05.04.2023
ölçüsü299,27 Kb.
#93377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
123882 (3)

Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar ta’sirida
yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat 
taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi. 
Ma’lumki, Markazlashgan  boshqaruv tizimida muayyan mamlakat 
iqtisodiyoti “xalq ho’jaligi” iborasi bilan ifodalanar edi.  Bunday 
yondoshuvda mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga, ya’ni: 
• Ishlab chiqarish
• Noishlab chiqarish sohalariga bo’lingan xalq xo’jaligi tarmoqlari 
tasnifiga asoslanar edi. 
Ishlab chiqarish sohasi:
• Sanoat;
• qishloq xo’jaligi;


• o’rmon xo’jaligi;
• qurilish; 
• yuk transporti;
• ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa;
• moddiy texnika ta’minoti;
• savdo va tayyorlov tashkilotlari;
• umumovqatlinish korxonalari;
• boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari; I.
Noishlab chiqarish sohasi:
• uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish;
• sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta’minot;
• xalq ta’limi;
• madaniyat va san’at;
• moliya, kredit va davlat sug’urtasi; 
• boshqarish;
• mudofaa;
• xar xil noishlab chiqarish faoliyatlari.
Xalq xo’jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq 
bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, xaddan tashqari 
markazlashgan rejalashtirish uslubiga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi. Chunki unga asoslanib:
• noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni 


aniqlash;
• tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish
tadbirkorlikning yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni aniqlash 
imkoniyati bo’lmaydi. 

Yüklə 299,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin