rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra
ushbu bobda jahon xo’jaligining tarkib to’ishi, bunda ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon
xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari Va ishlab
chiqarishning baynalminallashuvi
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi
o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi.
E.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib
ko’rsatadi:
Dostları ilə paylaş: