Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ; YaMD= YaIM+
horijdan olingan omilli daromadlar –horijliklarning
ushbu mamlakat
hududidan olgan omilli daromadlari.
Shaxsiy daromad va milliy daromadningbir-biridan shunisi bilan
farq
qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan
daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya
foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda
bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan
daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) -mehnat
natijalarini
bildirmaydi. Transfert to’lovlariga -sug’urta tashkilotlari tomonidan
to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga
shuningdek ijtimoiy
dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar,
nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga
to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz
to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi
Shaxsiy ixtiyordagi daromad
deb individual soliqlarni
to’lagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar -daromad
solig’i, xususiy mol-mulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan
soliqlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: