Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning



Yüklə 299,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix05.04.2023
ölçüsü299,27 Kb.
#93377
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
123882 (3)

4.Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 
tutgan o’rni
Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy 
ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining 
ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va 
iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma) 
ajratiladi.
Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va 
ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi 


talab qilinadi. Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy 
iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va 
millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, 
sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga 
oladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy 
maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi 
orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu 
ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy 
iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.
Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning 
daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib 
korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar 
korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan 
muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi 
shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, 
birinchidan, bizga ma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini 
hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi 
omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii 
ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning harakatining barcha bosqichlarida, 
ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish 
bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan 
foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy 
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor 
operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur.
Bozor xo‘jalik subyektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan.
1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 


2. Uy xo’jaliklari. 
3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 
4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari.
Bozorli operatsiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi:
1. Tovarlar va xizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, 
iste`mol qilish, import va shu kabilar). 
2. Taqsimlash operatsiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va 
h.k.) 
3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, 
valyuta va qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar, kreditli operasiyalar va 
h.k.)
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi 
alohida o‘rin tutadi. Bunda balans shaklidagi jadval orqali resurslar va 
ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir 
operasiya to‘lovchisi va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli bir marta 
resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi.
BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD 
harakti, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan 
operasiyalar; mukammal hisobda esa tarmoqlararo aloqalar, 
daromadlarning harakati, ularning taqsimlanishi va pirovard foydalanishi 
ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar 
bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Tarixiy jihatdan dastlab moddiy 
ishlab chiqarish sohalari rivojlanish miqiyosini harakterlovchi 
ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda 
qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy 
xol hisoblanadi.
Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari 
milliy
ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan:


1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat.
2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat.
Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqarish va ulardan uzoq yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar xo‘jalik 
amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan.
Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish 
sohalari rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas.
Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy 
maxsulot ko‘rsatkichi harakterlaidi. Ma`lum vaqt davomida (odatda bir 
yilda) moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan barcha maxsulotlar 
o‘zining qiimat ifodasida jami ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi.
Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari 
ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iborat bo‘lganligi sababli jomi ijtimoiy 
maxsulot (JIM)ning ashyoviy (natural-buyum) tarkibi ishlab chiqarish 
vositalari va iste`mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida 
JIM tarkibii elementlarining iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab 
chiqarish vositalaridan iborat qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab 
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladi va demak belvosita iste`molni 
qondiradi, iste`mol buyumlari (oziq- ovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa 
ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
JIMning tarmoq tarkibi ham farqlanadi. JIM tarmoq tarkibi undagi 
ayrim tarmoqlar (sanoat, qishloq ho‘jaligi va shu kabi) maxsulotlarining 
ulushi sifatida namoyon bo‘ladi.
Qiymat shaklida JIM - iste`mol qilingan ishlab chiqarish vositalari 
qiymati (S) va yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. JIMni W 
bilan belgilasak, bunda W c+V+m bo‘ladi. Yangidan yaratilgan qiymat 
zaruriy maxsulot eki ishchi kuchi qiymatidan (V) va qo‘shimcha 
maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi.
JIM ko‘rsatkichi muxim kamchilikga ega. Uni hisoblashda ishlab 
chiqarishning barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori 
bir necha marta ko‘rib chiqiladi
Boshqacha aytganda:
JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot 


Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari 
uchun harid qilingan tovarlar kiradi.
Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib 
olinadigan tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. 
Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan 
ozod bo‘lsada, u mexnat vositalarining yillik amortizasiya ajratmalari 
summasiga teng bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, 
oldingi davrlarda vujudga keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish 
hodimlarining joriy yildagi faoliyatini aniq baxolash uchun boshqa 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy 
maxsulot qisoblanadi.

Yüklə 299,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin