A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
“PEDAGOGNING KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISH”
o‘quv kursining
“KO‘ZLAR YORDAMIDA IMO ISHORALAR QILISH”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi
Toshkent 2022
22.1-mavzu
Ko‘zlar yordamida imo ishoralar qilish
Reja:
1. Ko‘zlarning signallari.
2. Nigoh bilan ishlash.
3. O‘quvchi nigohini nazorat qilish usullari.
1.Inson o‘zaro munosabatlarda signal uzatishda ko‘zlar yordamida eng aniq va
ochiq signallar yetkazadi. Chunki ular inson organizmida markaziy o‘rinni
egallaydi hamda bunda ko‘z qorachiqlari butunlay o‘zini mustaqil tutadi. Qo‘l yoki
ko‘rsatkich vosita yordamida mavzuni tushuntirishda o‘quvchilar nigohi o‘sha
vositada bo‘ladi. Shu sababli bu vositalarni o‘qituvchi o‘z nigohi to‘g‘risiga
ko‘proq olib kelib mavzuni tushuntirishi lozim.
Ko‘p asrlar davomida insoniyat nigohining (qarash, nazar) ma’nosi va uning
inson xulq-atvoriga ta’siri haqida chuqur fikr yurilib kelindi. Biz barchamiz
«Uning bolalarcha katta beg‘ubor ko‘zlari bor», «Uning o‘tli nigohi», «U g‘azabli
nigoh lashladi», «Uning ko‘zlarida shu’la bor» yoki «Menga uning ko‘zi tegdi»
kabi iboralarni ishlatamiz.
Biz bunday so‘zlari ishlatayotganimizda, inson ko‘z qorachiqlari o‘lchamini
va uning ko‘z harakatlarini nazarda tutamiz. Gess o‘zining «Ifodali ko‘zlar»
kitobida «Inson o‘zaro munosabatlarda signal uzatishda ko‘zlar yordamida eng
aniq va ochiq signallar yetkazadi. Chunki ular inson organizmida markaziy o‘rinni
egallaydi hamda bunda ko‘z qorachiqlari butunlay o‘zini mustaqil tutadi», deb
ta’kidlaydi.
Kunduzgi yorug‘da qorachiqlar ijobiy va salbiy ta’sirlar ostida inson kayfiyati
va munosabati o‘zgarishiga qarab kengayishi hamda torayishi mumkin. Inson
hayajonlanganda uning ko‘z qorachiqlari me’yoriy holatiga nisbatan to‘rt barobar
kengayishi mumkin.
Achchiqlangan bo‘g‘iq kayfiyat esa, qorachiqlarni torayishiga majbudaydi va
natijada «ilon» ko‘zlar yoki «munchoq» ko‘zlar paydo bo‘ladi. Ko‘zlar xushomad
qilishda kalta rol o‘ynaydi. Ayollar ko‘zlarining ifodali bo‘lishi uchun bo‘yoq
ishlatadilar. Agar ayol erkakni sevsa, uni ko‘rganda qorachiqlari kengayadi. Erkak
buni qanday amalga oshganini bilmaydi-yu, to‘g‘ri talqin qiladi. Yosh
sevishganlar bir-birining ko‘zlariga tikilib qarashadi, ongsiz ravishda qorachiqlar
kengayishini kutishi va bir-birining ko‘z qorachig‘ining kengayishidan
zavqlanadilar. Kichkina bolalar va chaqaloqlaming qorachiqlari kattalarnikiga
qaraganda kengroq, chunki bolalar kattalarning doimiy e’tiboriga sazavor bo‘lishga
intiladilar.
Malakali qarta o‘ynovchilar (shulerlar) bilan o‘tkazilgan eksperimentlarning
ko‘rsatishicha, agar raqib qora ko‘zoynakda bo‘lsa, uni kamdan kam o‘yinchi
yutadi. Masalan, poker o‘ynaganda raqibga to‘rtta tuz chiqsa, uning ko‘z
qorachiqlari darhol kengayadi va o‘yinchi keying yurishda tikilgan pulni
ko‘tarmaslik kerakligini tushunib oladi. Qora ko‘zoynak qorachiqlar yetkazadigan
signallarni yashiradi va natijada o‘yinchilar odatdagidan ko‘proq yutqazadilar.
Qadimda xitoylik marvarid, dur sotuvchilar narx-navoni kelishayotganda o‘z
xaridorlarining ko‘z qorachiqlarining kengayishini kuzatib turishgan. Bir necha
asrlar muqaddam ba’zi ayollar jozibali va sevimli bo‘lish uchun ko‘zlariga
belladonna (zaharli o‘tsimon o‘simlikdan tayyorlangan dori) tomizganlar. Aristotel
Onasis muzokaralar vaqtida ko‘zlari o‘y-fikrlarini bildirib qo‘ymasligi uchun
ko‘zoynak taqib olgan.
2.Nigoh bilan ishlash pedagogning eng asosiy qurolidir. O‘quvchi nigohini
o‘zida tutib turish uchun o‘qituvchi doimiy nazoratni qo‘lda tutib turishi lozim.
Dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchining eng yaxshi muloqoti nigoh orqali
bo‘ladigan muloqotidir. Bunda faqat ma’lumotlar emas, tuyg‘ular ham
almashinadi.
Eski maqol bor: «Odam bilan odam gaplashayotganda uning ko‘zlariga boq».
Odamlar bilan suhbatlashayotganda siz ularning qorachig‘iga qarashni o‘rganing
va qorachiq inson fikrlari haqidagi haqiqatni sizga oshkor etadi. Siz yuzma-yuz
(muloqot vaqtida ko‘zning ko‘zga tushib turishi) muloqot qilsangizgina haqiqiy
munosabatlar uchun asos yaratasiz. Ba’zi odamlar bilan muloqot qilish vaqtida siz
o‘zingizni qulay his qilsangiz, boshqalar bilan o‘zingizni ishonchsiz va noqulay
sezasiz. Buning negizi ularning sizga qanday qarayotganlari, nigohlarining
davomiyligi va sizning nigohingizga qancha uzoq chiday olishlariga bog‘liq.
Agar suhbatdoshingiz sizga ro‘y-rost gapirmay, nimanidir yashirishga urinsa,
uning ko‘zlari butun muloqot vaqtining 1/3 qismidan ozroq sizning nigohingiz
bilan to‘qnashadi. Agar suhbatdoshingiz nigohi sizning nigohingiz bilan butun
muloqot vaqtining 2/3 qismi davomida to‘qnashsa, bu holatda:
— birinchidan, u sizni juda qiziq va jozibador deb o‘ylayapti — bu holatda
qorachiqlar kengayadi;
— ikkinchidan, u sizga nisbatan dushmanona kayfiyatda noverbal chaqiruv
yuboryapti — bu holatda qorachiqlar torayadi.
Boshqa odam bilan yaxshi munosabatni o‘rnatish uchun u bilan muloqot
vaqtining 60—70 foizi atrofida nigohlaringiz uchrashishi shart. Bu hol uni ham
sizni o‘ylashiga sabab bo‘lsa, ajabmas. Kamtar, tortinchoq odam siz bilan
suhbatning 8 ulushidan bir qismi davomida ko‘z urishtirishgani uchun kamdan-
kam hollarda ishonchga sazovor bo‘lishiga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi.
Muzokaralar vaqtida hoch qachon qora ko‘zoynak taqmang, chunki sizda
boshqalarda tikilib qarayotganday kabi his paydo bo‘ladi. Turli xalqlarda tana
harakatlari tili farq qilgani kabi inson suhbatdoshida nigohini uzoq ushlab turishi
ham millatga bog‘liq. Janubiy Yevropa xalqlarida nigohni uzoq muddat ushlab
turish xususiyati mavjud bo‘lib, bu boshqa xalqlar uchun haqoratli tuyulishi
mumkin.
Yaponiyaliklar suhbat davomida yuzga emas, bo‘yinga ko‘proq qaraydilar. Siz
doim biron-bir xulosaga kelishdan avval milliy xususiyatni inobatga olishni
unutmang.
Ammo nafaqat nigohning qaytarilishi va davomiyligi, balki nigoh yo‘naltirilgan
yuz va gavdaning geografik maydoni ham muhim va bu muzokanalar natijasiga
ta’sir qiladi. Bu noverbalik signal orqali yetkaziladi va odatda suhbatdoshlar
tomonidan to‘g‘ri talqin qilinadi. Shundan so‘ng «Nigoh texnologiyasi» va uni
boshqa odamlar bilan muloqot qilish jarayonida samarali qo‘llashni o‘rganish
uchun 30 kunga yaqin doimiy kuchli amaliyot talab qilinadi.
4. O‘quvchi nigohini nazorat qilishning quyidagi usullari mavjud:
- Doskaga yoki ko‘rgazmali qurolga qo‘l uzatish;
- O‘quvchi peshonasidagi uchburchak huduga tikilib dars o‘tish;
- Vaqti-vaqti bilan qo‘lni o‘z nigohiga yaqinlashtirish. Bu o‘qituvchi va
o‘quvchi ko‘zlari orasida kontakt ro‘y berishiga sabab bo‘ladi;
- Do‘stona, samimiy nigoh bilan yuzlanish.
Qo‘l yoki ko‘rsatkich vosita yordamida mavzuni tushuntirishda o‘quvchilar
nigohi o‘sha vositada bo‘ladi. Shu sababli bu vositalarni o‘qituvchi o‘z nigohi
to‘g‘risiga ko‘proq olib kelib mavzuni tushuntirishi lozim.
Ishonchli nigoh. Darsda o‘qituvchi mavzuni tushuntirish jarayonida
o‘quvchining peshonasida uchburchak joylashgan deb tasavvur qilishi lozim. O‘z
nigohingizni mana shu uchburchakka qaratib, suhbat davomida jiddiy atmosfera
(iqlim, muhit) yaratasiz. o‘z navbatida o‘quvchingiz sizning bu jiddiy
kayfiyatingizdan mas’uliyatni his etadi. Suhbat davomida nigohingizni
suhbatdoshingizdan uzmasangiz, nigoh yordamida siz darslarning borishini nazorat
qila olasiz.
Ijtimoiy nigoh. Agar nigohingiz suhbatdoshingiz ko‘zi baravaridan pastga
tushsa, ijtimoiy muloqot muhiti yaratiladi. Nigoh xususiyatlarini o‘rganish
bo‘yicha tajribalar shuni ko‘satadiki, ijtimoiy muloqot vaqtida ko‘zlar ham inson
yuzidagi ramziy uchburchakka qaratilar, bu holatda uchburchak ko‘zlar chizig‘i va
og‘iz atrofida taqalar ekan.
Zimdan qarash. Zimdan qarash, qiziqish yoki dushmanlikni ifoda qilish uchun
qo‘llaniladi. Agar u yengil ko‘chirilgan qoshlar yoki tabassum bilan kuzatilsa,
uning qiziqishini bildiradi va ko‘p hollarda suhbatdoshda moyillik uyg‘otish
uchun qo‘llaniladi.
Agar u pastga osilgan qoshlar, tirishgan peshona yoki osilgan og‘iz chetlari
bilan kuzatilsa, shubhali dushmanona yoki tanqidiy munosabatni bildiradi. Suhbat
davomida qovoqlarini tushirib ko‘z yumadigan odamlar juda g‘ashingizni keltiradi.
Bu imo-ishora ong osti bilan bog‘liq bo‘lib, suhbatdosh o‘zining ko‘rish
maydonidan sizni chiqarib yuborishga urinadi. Chunki siz uni juda zeriktirdingiz
yoki qiziqtirmay qo‘ydingiz. Ko‘z ochib yumishning me’yoriy ketma-ketligi
minutiga 6-8 marta bo‘lgani holda bu odamning qovog‘i xuddi odam bir lahzada
sizni o‘z xotirasidan o‘chirganday, bir soniya ichida yoki undan sal ortiq vaqtda
yumiladiganday tuyuladi. Qarshingizdagi odamning uxlab qolishi suhbatingizdan
qochishning eng oxirgi usuli hisoblanadi.
Ammo bu holat faqat ikki kishilik suhbatda kam uchraydigan jarayondir. Agar
kimdir o‘z ini sizdan ustunligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, uning yopilgan qovoqlari
orqaga tashlangan bosh va yuqoridan qarash sifatida ma’lum bo‘lgan uzoq nigoh
bilan kuzatiladi. Agar siz suhbatdoshingizda bunday nigohni sezib qolsangiz,
bilingki, sizning xulq-atvoringiz unda salbiy hislarni uyg‘otyapti. Siz. Suhbatni
muvaffaqiyatli tugatmoqchi bo‘lsangiz, nimanidir o‘zgartirishga urinishingiz
kerak bo‘ladi.
Eksperimental tadqiqotlarga ko‘ra, 87% axborot inson miyasiga ko‘rish
retseptorlari, 9% eshitish, 4% boshqa sezgi organlari orqali yetkaziladi. Agar siz,
masalan, odamga o‘zingizning hikoyangizni ko‘rgazmali qurol yordamida
ko‘rsatib hikoya qilsangiz, u uzatayotgan xabaringizni 9 foizga o‘zlashtiradi. Agar
eshitayotgani ko‘rsatayotgan narsaga nisbatan bevosita bog‘liq bo‘lmasa.
Agar xabaringiz ko‘rgazmali qurol bilan bog‘liq bo‘lsa, uni ko‘rganda
yuborayotgan xabaringizning faqat 25—30 foizini o‘zlashtiradi. Uning diqqati
ustidan maksimal nazorat o‘rnatish uchun ko‘rgazmali qurolni va tasavvur qilingan
narsani ko‘rsatish uchun ruchka yoki biron-bir ko‘rsatkichdan foydalaniladi. So‘ng
ruchkani ko‘rgazmali quroldan olib, o‘zingizning ko‘zlaringiz yaqinida tuting.
Xuddi magnit tortganday uning boshi ko‘tariladi va u sizning ko‘zlaringizga
qaraydi, natijada siz nimani gapirsangiz u ko‘radi hamda eshitadi. Demak,
axborotni
maksimal
darajada
o‘zlashtirishda shunday qilingki, boshqa
qo‘lingizning kafti uning ko‘z o‘ngida bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: |